3-bob. Himoya qilishni amalga oshirish asoslari va tartibi
16-modda. Xavfsizlik choralarini qo‘llash asoslari
Himoya qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qiluvchi organ tomonidan
aniqlangan, himoya qilinuvchi shaxsni jinoyat protsessida ishtirok etganligi munosabati bilan
o‘ldirish, unga zo‘rlik ishlatish, uning mol-mulkini yo‘q qilish yoki mol-mulkiga shikast
yetkazishning aniq tahdidi mavjudligi haqidagi ma’lumotlar xavfsizlik choralarini qo‘llash
uchun asos bo‘ladi.
Xavfsizlik choralari himoya qilinuvchi shaxsning yozma arizasi asosida yoki uning
yozma roziligi bilan, voyaga yetmagan shaxslarga nisbatan esa ular ota-onasining yoki boshqa
qonuniy vakillarining, shuningdek vasiylik va homiylik organlari vakolatli vakillarining (ota-
onasi yoki boshqa qonuniy vakillari homiyligidan mahrum bo‘lgan taqdirda) yozma arizasi
asosida yoxud ularning yozma roziligi bilan qo‘llaniladi.
Agar xavfsizlik choralarining qo‘llanilishi himoya qilinuvchi shaxsning voyaga yetgan
oila a’zolari va u bilan birga yashovchi boshqa shaxslar manfaatlariga daxl qiladigan bo‘lsa,
xavfsizlik choralarini qo‘llash uchun ularning yozma roziligi olinishi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |