25-modda. Himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlarining majburiyatlari
Himoya qilishni ta’minlovchi davlat organlari:
o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan, xavfsizlik choralarini yoki ijtimoiy himoya qilish
choralarini qo‘llashni talab etadigan har bir holatga nisbatan darhol munosabat bildirishi;
barcha zarur xavfsizlik choralarini va ijtimoiy himoya qilish choralarini ta’minlashi;
himoya qilinuvchi shaxslarni ularga nisbatan xavfsizlik choralari va ijtimoiy himoya
qilish choralari qo‘llanilishi, bu choralarning o‘zgartirilishi, ularga qo‘shimchalar kiritilishi yoki
ularning qo‘llanilishi bekor qilinishi to‘g‘risida, shuningdek himoya qilishni ta’minlash bilan
bog‘liq qarorlar qabul qilinishi haqida o‘z vaqtida xabardor etishi;
himoya qilinuvchi shaxsga nisbatan uning himoya qilinishini ta’minlash to‘g‘risidagi
qarorni (ajrimni) e’lon qilish chog‘ida uning huquqlari va majburiyatlarini tushuntirishi;
himoya qilinuvchi shaxsning psixologik kuzatuvini tashkil etish va amalga oshirish
choralarini ko‘rishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |