Himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlarning maxfiyligini ta’minlash xavfsizlik
choralarini ta’minlovchi organning qaroriga binoan, operatorlarda turgan davlat axborot-
ma’lumot fondlaridagi va boshqa axborot-ma’lumot fondlaridagi himoya qilinuvchi shaxs
haqidagi ma’lumotlar berilishiga taqiq o‘rnatish, uning telefoni abonent raqamlarini hamda
1
uning foydalanuvidagi yoki unga tegishli transport vositalarining davlat raqam belgilarini
o‘zgartirish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Boshqa jinoyat, ma’muriy, iqtisodiy yoki fuqarolik ishini yuritish bilan bog‘liq alohida
hollarda, himoya qilinuvchi shaxs to‘g‘risidagi ma’lumotlar yozma so‘rov asosida va himoya
qilishni ta’minlash to‘g‘risida qaror qabul qilgan organning yozma roziligi bilan surishtiruv,
dastlabki tergov organlari, sudga taqdim etilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: