doimiy yoki vaqtincha propiska qilingan turar joy.
Ushbu Qonun 8-moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar mavjud
bo‘lganda quyidagi voyaga yetgan shaxslarga nisbatan sud tomonidan ma’muriy nazorat
o‘rnatiladi:
sud tomonidan o‘ta xavfli retsidivist deb topilgan;
og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etganlik uchun ozodlikdan mahrum qilishga hukm
etilgan;
har qanday qasddan qilingan jinoyatlar uchun ikki yoki undan ortiq marta ozodlikdan
mahrum qilishga hukm etilgan;
O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga binoan og‘ir yoki o‘ta og‘ir jinoyat
hisoblanadigan qilmishlarni sodir etganlik uchun boshqa davlat hududida ozodlikdan mahrum
qilish tarzidagi jazoni o‘tagan.
Ma’muriy nazorat sudlanganligi olib tashlangan yoki sudlanganlik holati tugallangan
shaxslarga nisbatan o‘rnatilishi mumkin emas.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun qarang: O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 78 — 80-
moddalari.
Do'stlaringiz bilan baham: