qarorini e’lon qilish va topshirish
Nazorat ostidagi shaxs sud majlisida ishtirok etgan taqdirda sudning ma’muriy nazorat
o‘rnatish, uning muddatini uzaytirish yoki ma’muriy cheklovlarni qisman bekor qilish
to‘g‘risidagi qarori nazorat ostidagi shaxsga sud tomonidan e’lon qilinadi.
Sudning qarori tegishincha jazoni ijro etish muassasasiga yoki nazorat ostidagi
shaxsning yashash joyidagi ichki ishlar organiga keyinchalik nazorat ostidagi shaxsga tilxat olib
topshirish uchun yuboriladi.
Sudning qarorini nazorat ostidagi shaxsga topshirish chog‘ida uning huquq va
majburiyatlari, o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarni buzganlik va zimmasiga
yuklatilgan majburiyatlarni bajarmaganlik, shu jumladan ma’muriy nazoratdan bo‘yin tovlash
maqsadida yashash joyini o‘zboshimchalik bilan tark etganlik uchun javobgarligi, o‘ziga
nisbatan ma’muriy nazorat jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilishidan oldin o‘rnatilgan
shaxsga esa, tanlagan yashash joyiga belgilangan muddatda yetib bormaganlik uchun
javobgarligi tushuntiriladi.
11-modda. Jazoni ijro etish muassasasi tomonidan sudning ma’muriy nazorat
Do'stlaringiz bilan baham: |