Ma’muriy nazorat quyidagi hollarda tugatiladi:
ma’muriy nazorat o‘rnatilgan muddat tugaganda;
sudlanganlik holati tugallangan yoki sudlanganlik olib tashlanganda;
nazorat ostidagi shaxs ozodlikdan mahrum qilishga hukm etilgan va jazoni o‘tash joyiga
yuborilganda;
nazorat ostidagi shaxsga nisbatan tibbiy yo‘sindagi majburlov choralari qo‘llanilganda;
nazorat ostidagi shaxs boshqa davlatga doimiy yashash joyiga chiqib ketganda;
nazorat ostidagi shaxs vafot etgan yoki sudning uni vafot etgan deb topish to‘g‘risidagi
qarori qonuniy kuchga kirganda.
Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan asoslar bo‘yicha ma’muriy
nazoratni tugatish to‘g‘risida ichki ishlar organi tomonidan qaror chiqariladi.
Agar nazorat ostidagi shaxs huquqbuzarlik sodir etmayotganligi, o‘ziga nisbatan
belgilangan ma’muriy cheklovlarga rioya qilayotganligi hamda zimmasiga yuklatilgan
majburiyatlarni bajarayotganligi aniqlansa, shuningdek yashash, ish, o‘qish yoki xizmat joyidan
ijobiy tavsifnomalar mavjud bo‘lsa, ma’muriy nazorat muddatining kamida yarmi o‘tgach ichki
ishlar organining taqdimnomasi yoxud nazorat ostidagi shaxsning yoki uning vakilining arizasi
asosida, shuningdek mehnat jamoasining, jamoat birlashmasining va fuqarolar o‘zini o‘zi
boshqarish organining iltimosnomasiga ko‘ra ma’muriy nazorat sud tomonidan muddatidan
ilgari tugatilishi mumkin. Ma’muriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risidagi
taqdimnoma, ariza yoki iltimosnoma o‘n kunlik muddatda ko‘rib chiqilishi lozim.
Ma’muriy nazoratni muddatidan ilgari tugatish to‘g‘risida sud tomonidan qaror
chiqariladi, qaror nazorat ostidagi shaxsga e’lon qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: