16-modda. Ma’muriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlarining
huquqlari
Ma’muriy nazoratni amalga oshirishda ichki ishlar organlari quyidagi huquqlarga ega:
nazorat ostidagi shaxsning xulq-atvori to‘g‘risida ish, o‘qish yoki xizmat joyi
ma’muriyatidan, jamoat birlashmasidan, yashash joyidagi fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish
organidan, shuningdek fuqarolardan ma’lumotlarni so‘rash va olish;
nazorat ostidagi shaxsga uy-joy berish va uni ishga joylashtirish to‘g‘risida tegishli
davlat organlariga, boshqa korxonalar, muassasalar va tashkilotlarga iltimosnomalar yuborish;
profilaktik suhbat o‘tkazish uchun nazorat ostidagi shaxsni uning yashash joyidagi ichki
ishlar organlariga chaqirish, nazorat ostidagi shaxsning talabi bilan bunday suhbatlarni
advokat, jamoatchilik, fuqarolar o‘zini o‘zi boshqarish organi vakillari yoki yaqin qarindoshlari
ishtirokida o‘tkazish;
nazorat ostidagi shaxsdan o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarga rioya
etish hamda zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan
og‘zaki va yozma tushuntirishlar talab qilish.
Ichki ishlar organlari ma’muriy nazoratni amalga oshirish bo‘yicha alohida tadbirlarni
o‘tkazishda davlat organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, boshqa tashkilotlar
va fuqarolar bilan hamkorlik qilishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |