Zbekiston respublikasining qonuni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar


Download 69.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet17/18
Sana05.01.2022
Hajmi69.36 Kb.
#217982
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Ozod Etilganlarni Ma'muriy Nazorat To'g'risida

4-bob. Yakunlovchi qoidalar

20-modda.  Sudning,  ichki  ishlar  organlarining  qarorlari  va  ular  mansabdor

shaxslarining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish (protest keltirish)


Ichki ishlar organlarining ma’muriy nazoratni o‘rnatish va amalga oshirish bilan bog‘liq

qarorlari,  ular  mansabdor  shaxslarining  harakatlari  (harakatsizligi)  ustidan  prokuror

tomonidan  protest  keltirilishi  yoki  nazorat  ostidagi  shaxs  yoki  uning  vakili  tomonidan  sud

qarori  nusxasi  olingan  kundan  boshlab  o‘n  kunlik  muddatda  bo‘ysunuv  tartibida  yuqori

turuvchi organga yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.

Sudning ma’muriy nazorat o‘rnatish, uning muddatini uzaytirish yoki uni muddatidan

ilgari  tugatish  yoxud  ma’muriy  cheklovlarni  qisman  bekor  qilish  to‘g‘risidagi  qarori  ustidan

shikoyat  yoki  protest  yuqori  turuvchi  sud  tomonidan  ko‘rib  chiqiladi.  Shikoyat  yoki  protestni

ko‘rib chiqish yakunlari bo‘yicha sud tomonidan quyidagi qarorlardan biri chiqariladi:

sudning qarorini o‘zgarishsiz qoldirish to‘g‘risida;

sudning qarorini o‘zgartirish to‘g‘risida;

sudning qarorini bekor qilish to‘g‘risida;

sudning  ma’muriy  nazorat  o‘rnatishni  rad  qilish  to‘g‘risidagi  qarorini  bekor  qilish  va

ma’muriy nazorat o‘rnatish haqida.

Shikoyat berilishi yoki protest keltirilishi ma’muriy nazoratning amalga oshirilishini sud

ma’muriy nazoratni tugatish to‘g‘risida qaror chiqarguniga qadar to‘xtatib turmaydi.




Download 69.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling