Zbekiston respublikasining qonuni jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan ayrim toifadagi shaxslar


-bob. Nazorat ostidagi shaxsning huquq va majburiyatlari. Ichki ishlar organlarining


Download 69.36 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/18
Sana05.01.2022
Hajmi69.36 Kb.
#217982
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18
Bog'liq
Ozod Etilganlarni Ma'muriy Nazorat To'g'risida

3-bob. Nazorat ostidagi shaxsning huquq va majburiyatlari. Ichki ishlar organlarining

ma’muriy nazoratni amalga oshirish borasidagi vakolatlari

14-modda. Nazorat ostidagi shaxsning huquqlari

Nazorat ostidagi shaxs quyidagi huquqlarga ega:

advokat xizmatlaridan foydalanish;

ko‘rib chiqilayotgan masala yuzasidan izohlar berish;

dalillar taqdim etish;

sudda ma’muriy nazorat o‘rnatish va cheklovlar qo‘llash to‘g‘risidagi materiallar bilan

tanishib  chiqish  hamda  ulardan  zarur  ma’lumotlarni  yozib  olish,  materiallar  va  hujjatlardan

texnika  vositalari  yordamida  o‘z  hisobidan  ko‘chirma  nusxalar  olish  yoki  ulardagi

ma’lumotlarni o‘zga shaklda qayd etish;

ma’muriy  nazoratni  muddatidan  ilgari  tugatish  to‘g‘risida,  shuningdek  belgilangan

ma’muriy  cheklovlarni  qisman  bekor  qilish  haqida  sudga  bevosita  yoki  vakili  orqali  arizalar

bilan murojaat etish;

sud  majlisining  bayonnomasi  bilan  tanishish  hamda  u  bo‘yicha  o‘z  mulohazalarini

bildirish;

sudning  ma’muriy  nazorat  o‘rnatish,  u  bilan  bog‘liq  ma’muriy  cheklovlar  va  uning

muddatini uzaytirish to‘g‘risidagi qarori ustidan shikoyat qilish;

ish  bo‘yicha  keltirilgan  protestlar  va  kelib  tushgan  shikoyatlardan  xabardor  bo‘lish  va

ularga nisbatan e’tirozlar bildirish;

yashash  joyidan  tashqarida  bo‘lish  va  (yoki)  sud  tomonidan  belgilangan  hudud

doirasidan qisqa muddatga chiqish uchun ruxsatnomalar olish to‘g‘risidagi arizalar bilan ichki

ishlar organlariga murojaat etish;

bevosita  yoki  vakili  orqali  ichki  ishlar  organlarining  qarorlari  va  ular  mansabdor

shaxslarining  ma’muriy  nazoratni  o‘rnatish  va  amalga  oshirish  chog‘idagi  harakatlari

(harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish.




Download 69.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling