jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan keyin o‘zi tanlagan yashash joyiga sud
tomonidan belgilangan muddatda yetib borish;
jazoni ijro etish muassasasidan ozod qilinganidan keyin, shuningdek yashash joyi
o‘zgarganidan so‘ng o‘zi tanlagan yashash joyiga yetib kelgan kundan e’tiboran uch kun ichida
hisobga qo‘yilish uchun ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organiga kelish;
o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarga rioya etish;
ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organidan yashash joyidan
tashqarida bo‘lish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqariga qisqa
muddatga chiqish uchun ruxsatnoma olingan taqdirda, qisqa muddatga chiqilayotgan
hududning ichki ishlar organini xabardor qilish;
qisqa muddatga chiqish joyidan qaytib kelganida doimiy yashash joyi bo‘yicha ichki
ishlar organini xabardor qilish;
ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organini ishga joylashganligi,
yashash, ish, o‘qish yoki xizmat joyi o‘zgarganligi yoxud mehnat shartnomasi bekor qilinganligi
to‘g‘risida uch kun ichida xabardor qilish;
yashash joyidagi ichki ishlar organiga ushbu organ tomonidan belgilangan muddatda
chaqiruvga ko‘ra borish;
o‘ziga nisbatan belgilangan ma’muriy cheklovlarga rioya etish va zimmasiga yuklatilgan
majburiyatlarni bajarish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan og‘zaki va yozma tushuntirishlar
berish.
Do'stlaringiz bilan baham: