19-modda. Ichki ishlar organlari tomonidan nazorat ostidagi shaxslarga
beriladigan ruxsatnomalar
Ma’muriy nazoratni amalga oshiruvchi ichki ishlar organi nazorat ostidagi shaxsga
yashash joyidan tashqarida bo‘lish va (yoki) sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan qisqa
muddatga chiqish uchun o‘n kundan ko‘p bo‘lmagan muddatga quyidagi shaxsiy holatlar
munosabati bilan ruxsatnoma beradi:
yaqin qarindoshining o‘limi yoki og‘ir kasalligi;
ishga joylashish yoki tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish zarurati;
ta’lim muassasalariga qabul qilish chog‘ida kirish imtihonlarini topshirish zarurati.
Ushbu modda birinchi qismining birinchi xatboshisida ko‘rsatilgan ruxsatnoma
quyidagi hollarda bir oygacha bo‘lgan muddatga berilishi mumkin:
nazorat ostidagi shaxsning tibbiy yordam olishi yoki sog‘liqni saqlash muassasalarida
davolanishdan o‘tishi zarur bo‘lganda;
tabiiy ofat yoki boshqa favqulodda vaziyatlar munosabati bilan yashash joyida bundan
buyon istiqomat qilishning imkoni bo‘lmasa;
sud tomonidan belgilangan hudud doirasidan tashqarida ta’lim olganda.
Ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan muddat oshib ketgan taqdirda,
ma’muriy nazorat nazorat ostidagi shaxsning turgan joyi bo‘yicha amalga oshiriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |