Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet38/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

48
6
-modda. Undiruvni surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit 
hisobvaraqlarida vaqtincha saqlanayotgan pul mablag‘lariga qaratish xususiyatlari 
Surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit hisobvaraqlarida saqlanayotgan 
surishtiruv, dastlabki tergov yoki sud davomida xatlangan va olib qo‘yilgan, shu jumladan fuqaroviy 
javobgar tomonidan kiritilgan yoxud jinoiy yo‘l bilan orttirilgan mablag‘lar sifatida olib qo‘yilgan, 
shuningdek ayblanuvchi yoki sudlanuvchi tomonidan garov sifatida kiritilgan pul mablag‘lari sud 
tomonidan ijro hujjati berilgan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay sudning tegishli qarori 
talablarini ijro etishga qaratilishi kerak. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisining ish yuritishida bo‘lgan ijro hujjatlari bo‘yicha davlat ijrochisi 
surishtiruv, tergov organlariga yoki sudga mazkur organlarning depozit hisobvarag‘ida vaqtincha 
saqlanayotgan pul mablag‘larini uch kunlik muddat ichida Majburiy ijro byurosi organining depozit 
hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risida talabnoma yuboradi. 
(48
6
-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida 
ko‘rsatilgan talabnoma belgilangan muddatda 
bajarilmagan taqdirda, davlat ijrochisi surishtiruv, tergov organlarining yoki sudning depozit 
hisobvarag‘ida vaqtincha turgan pul mablag‘larini ijro hujjati talablariga muvofiq keyinchalik 
taqsimlash uchun Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘iga inkasso topshiriqnomasi 
orqali nizosiz tartibda hisobdan chiqarishi shart. 
(48
6
-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling