mol-mulkiga qaratish
Oldingi
tahrirga qarang.
Undiruvni qarzdorning O‘zbekiston Respublikasidan tashqarida turgan mol-mulkiga, shu
jumladan uning chet el banklaridagi pul mablag‘lariga qaratish O‘zbekiston Respublikasining
qonunchiligi hamda xalqaro shartnomalariga muvofiq amalga oshiriladi.
(50-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
51-modda. Undiruvni qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida
turgan mol-mulkiga qaratish
Qarzdorning boshqa mol-mulki ushbu mol-mulk bilan ta’minlanmagan, qarzdorga qo‘yilgan
barcha talablarni to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmagan taqdirda, talablari mazkur mol-mulk
bilan ta’minlangan kreditorning belgilangan huquqlariga, shuningdek ushbu Qonunning
6-bobida
nazarda tutilgan qoidalarga rioya etilgan holda undiruv qarzdorning majburiyatlari bajarilishining
ta’minoti sifatida turgan mol-mulkiga qaratilishi mumkin. Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining
ta’minoti sifatida turgan mol-mulk xatlab qo‘yilganda davlat ijrochisi xatlash amalga oshirilganidan
keyin uch kunlik muddatda bu haqda talablari ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan kreditorlarga
bildirishnoma yuboradi.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini realizatsiya
qilishdan tushgan summa undiruv mazkur mol-mulkka qaratilishi, uni realizatsiya qilish va
kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan, undirish uchun bildirilgan talablarini
qanoatlantirish munosabati bilan qilingan xarajatlarning o‘rnini qoplash uchun zarur summalar ushlab
qolinganidan keyin ushbu Qonunda belgilangan tartibda taqsimlanadi.
Agar qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulkini
realizatsiya qilishdan tushgan summa kreditorlarning ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan talablarini
to‘liq qanoatlantirish uchun yetarli bo‘lmay qolsa, u holda ko‘rsatilgan talablarning qolgan qismi
ushbu Qonunning
80-moddasida
belgilangan navbatga muvofiq qanoatlantiriladi.
Agar undiruv qarzdorning mol-mulki bilan ta’minlangan talablarni qanoatlantirish uchun
qaratilgan bo‘lsa, u holda undiruv qarzdorning boshqa mol-mulki mavjudligidan yoki mavjud
emasligidan qat’i nazar, birinchi navbatda qarzdorning majburiyatlar bajarilishining ta’minoti sifatida
berilgan tegishli mol-mulki predmetiga qaratiladi.
(51-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 22-oktabrdagi O‘RQ-572-sonli
Qonuni
tahririda
— Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son)
Do'stlaringiz bilan baham: |