55-modda. Mol-mulkni saqlash
Qarzdorning mol-mulki saqlash uchun qarzdorga yoki davlat ijrochisi tayinlagan boshqa
shaxslarga (bundan buyon matnda saqlovchi deb yuritiladi) mol-mulkni xatlash dalolatnomasiga
imzo qo‘ydirgan holda topshiriladi. Davlat ijrochisi xatlangan mol-mulkni saqlash uchun qaysi
saqlovchiga topshirgan bo‘lsa, o‘sha saqlovchi davlat ijrochisining yozma ravishdagi roziligisiz bu
mol-mulkdan foydalanishi mumkin emas. Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysiga yoki
investitsiya vositachisiga saqlash uchun topshirilgan qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha, shuningdek mol-
mulkning xossalariga ko‘ra, undan foydalanish uning yo‘q bo‘lib ketishiga yoki qimmati pasayishiga
olib kelgan taqdirda, davlat ijrochisi bunday rozilikni berishga haqli emas. Agar mazkur mol-mulkdan
foydalanish uning saqlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lsa, davlat ijrochisining roziligi talab
etilmaydi.
Saqlovchi, agar qarzdor uning o‘zi yoki uning oila a’zolari (qarzdor yuridik shaxs bo‘lsa,
uning xodimi) bo‘lmasa, saqlaganligi uchun tegishli haq oladi. Saqlovchining mol-mulkni saqlash
uchun qilgan zarur xarajatlari ham mazkur mol-mulkdan foydalanish orqali amalda olgan foydasi
chegirib tashlangan holda qoplanadi.
Xatlangan avtomototransport vositasi auksion o‘tkazilguniga qadar davlat ijrochisi
tomonidan belgilanadigan, uning asralishi uchun tegishli sharoitlar ta’minlanadigan maxsus ajratilgan
joylarda (saqlash joylarida, omborlarda, vakolatli organlar va boshqa tashkilotlarning jarima
maydonlarida) saqlanadi.
Xatlangan va olib qo‘yilgan mol-mulkni saqlash
tartibi
hamda shartlari O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |