Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet45/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

56-modda. Xatlangan mol-mulkni realizatsiya qilish 
Qarzdorning xatlangan mol-mulkini realizatsiya qilish, agar 
qonunchilikda boshqacha hol nazarda tutilgan bo‘lmasa, xatlash 
asoslari va mol-mulk turlaridan qat’i nazar, xatlangan kundan 
e’tiboran ikki oy ichida uni sotish orqali amalga oshiriladi, qonunga 
muvofiq muomaladan chiqarilgan mol-mulk bundan mustasno. 
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilish shartnoma-
vositachilik asoslarida yoxud elektron onlayn-auksionlarda amalga 
oshiriladi, ushbu moddaning 
uchinchi qismida 
ko‘rsatilgan hollar 
bundan mustasno. 
 
Avtomototransport vositalarini, ko‘chmas mulkni, shu 
jumladan 
yer 
uchastkasini
qurilishi 
tugallanmagan 
obyektlarni, ko‘chmas mulkni uzoq muddatli ijaraga olish 
huquqlarini, yer uchastkasiga nisbatan mulkiy huquqlarni
intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks 
ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarni realizatsiya 
qilish qonunchilikda belgilangan tartibda vakolatli operator 
tomonidan elektron onlayn-auksionlarda amalga oshiriladi. 
Mol-mulkni shartnoma-vositachilik asoslarida realizatsiya 
qiladigan savdo tashkilotlarini tanlash O‘zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan 
tanlov asosida amalga oshiriladi.
Agar savdo tashkilotlariga realizatsiya qilish uchun 
topshirilgan mol-mulk u topshirilgan kundan e’tiboran o‘ttiz kun 
ichida realizatsiya qilinmasa, mazkur mol-mulk davlat ijrochisi 
tomonidan quyidagi tartibda arzonlashtirilishi kerak:
davlat soliq xizmati organi va moliya organi vakillari 
ishtirokida mol-mulk qiymatining 10 foizidan oshmagan 
miqdorda — davlat daromadiga undirishni nazarda tutuvchi ijro 
hujjatlari bo‘yicha;


mol-mulk qiymatining 10 foizi miqdorida — boshqa ijro 
hujjatlari bo‘yicha.
Mol-mulk arzonlashtirilganda davlat ijrochisi belgilangan 
tartibda dalolatnoma tuzadi, shundan so‘ng arzonlashtirilgan mol-
mulk savdo tashkilotlariga takroran realizatsiya qilish uchun 
topshiriladi.
Qarzdorning majburiyatlari bajarilishining ta’minoti sifatida 
turgan mol-mulkni ushbu mol-mulk bilan ta’minlangan qarzni 
undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari bo‘yicha realizatsiya qilish 
chog‘ida mol-mulkni arzonlashtirish amalga oshirilmaydi va ushbu 
mol-mulk birinchi marta baholangan narx bo‘yicha savdo tashkiloti 
tomonidan qayta realizatsiya qilish uchun topshiriladi.
Mol-mulk takroriy elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya 
qilinmaganligi munosabati bilan vakolatli operator tomonidan 
qaytarilgan taqdirda yoki takroran realizatsiya qilish uchun savdo 
tashkilotlariga topshirilgan boshqa mol-mulk o‘ttiz kun mobaynida 
realizatsiya qilinmagan taqdirda, u mol-mulk narxining 10 foiziga 
arzonlashtirilgan narxda undiruvchiga taklif qilinadi, davlat 
daromadiga ijro hujjatlari bo‘yicha undirish qaratilgan mol-mulk 
esa ushbu moddada belgilangan tartibda yana arzonlashtirilishi va 
realizatsiya qilishga topshirilishi lozim. Qarzdorning majburiyatlari 
bajarilishining ta’minoti sifatida turgan mol-mulk ushbu mol-mulk 
bilan ta’minlangan qarzni undirish to‘g‘risidagi ijro hujjatlari 
bo‘yicha realizatsiya qilinmagan taqdirda, davlat ijrochisi 
undiruvchiga takroriy auksion savdosidagi yoki savdo tashkilotlari 
tomonidan qayta realizatsiya qilish chog‘idagi boshlang‘ich sotish 
narxidan 10 foiz kamroq summadagi mol-mulkni o‘zida qoldirishni 
taklif qiladi.


Qimmatli qog‘ozlar qimmatli qog‘ozlarning birja bozorlarida 
va uyushgan birjadan tashqari bozorlarida realizatsiya qilinishi 
kerak.
Ular davlat ijrochisi bilan tuzilgan shartnoma asosida faoliyat 
yurituvchi investitsiya vositachisi — broker tomonidan kimoshdi 
savdosiga qo‘yiladi.
Qimmatli qog‘ozlar arzonlashtirilmaydi va ikki oy 
mobaynida bir necha marta kimoshdi savdosiga qo‘yiladi. 
Qimmatli qog‘ozlar mazkur muddatda realizatsiya qilinmagan 
taqdirda, davlat ijrochisi undiruvchiga ushbu qimmatli qog‘ozlarni 
ularning broker tomonidan kimoshdi savdosiga qo‘yilgan oxirgi 
kimoshdi savdosi kunining oxirgi kimoshdi savdosi soatidagi 
o‘rtacha narxida o‘zida qoldirishni taklif etadi. 
Davlat ijrochisining realizatsiya qilinmagan mol-mulkni 
o‘zida qoldirish haqidagi ushbu moddaning 
yettinchi
 va 
sakkizinchi 
qismlarida 
nazarda tutilgan taklifi davlat ijrochisi tomonidan 
tegishli mol-mulk realizatsiya qilinmaganligi to‘g‘risidagi 
xabarnoma olingan kundan e’tiboran uch ish kunidan kechiktirmay 
undiruvchiga yuborilishi kerak. Bir navbatdagi talablar bo‘yicha bir 
nechta undiruvchi mavjud bo‘lgan taqdirda, takliflar ijro 
hujjatlarining O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
huzuridagi Majburiy ijro byurosi organlariga kelib tushish 
navbatiga muvofiq, qarzdorning majburiyatlari bajarilishining 
ta’minoti sifatida turgan mol-mulkka nisbatan esa qonunda 
belgilangan navbatga muvofiq davlat ijrochisi tomonidan 
undiruvchilarga yuboriladi. Agar mol-mulkning davlat ijrochisi 
tomonidan taklif qilingan bahosi ijro hujjati bo‘yicha undiruvchiga 
to‘lanishi lozim bo‘lgan summadan ortiq bo‘lsa, undiruvchi 
realizatsiya qilinmagan mol-mulkni o‘zida qoldirishga tegishli 
farqni bir vaqtning o‘zida O‘zbekiston Respublikasi Bosh 
prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi organining depozit 


hisobvarag‘iga to‘lagan (o‘tkazgan) taqdirda haqli, bu haqda 
taklifda ko‘rsatib o‘tiladi. Undiruvchi realizatsiya qilinmagan mol-
mulkni o‘zida qoldirish to‘g‘risidagi qarori haqida davlat ijrochisini 
taklifni olgan kundan e’tiboran besh kun ichida yozma shaklda 
xabardor qilishi shart.
Undiruvchi mol-mulkni o‘zida qoldirishdan voz kechgan 
yoxud bu haqdagi o‘z qarorini belgilangan muddatda yozma 
shaklda taqdim etmagan taqdirda mol-mulk ijro xarajatlari, shu 
jumladan mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va realizatsiya qilish 
bo‘yicha qilingan xarajatlar undirilgan holda qarzdorga qaytariladi. 
Undiruvchi — talabi realizatsiya qilinmagan mol-mulk bilan 
ta’minlangan kreditor realizatsiya qilinmagan mazkur mol-mulkni 
o‘zida qoldirishdan voz kechganda yoxud belgilangan muddatda 
o‘z qarorini yozma shaklda taqdim etmaganda, ijro ishi yuritish ijro 
hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan tamomlanadi, realizatsiya 
qilinmagan boshqa mol-mulk bo‘yicha ijro ishi yuritish esa 
qarzdorda undiruvga qaratilishi mumkin bo‘lgan o‘zga mol-mulk 
mavjud bo‘lmasa, ijro hujjatini undiruvchiga qaytarish bilan 
tamomlanadi.
Olib qo‘yilgan va realizatsiya qilinmagan mol-mulk qarzdor 
qarzini va davlat ijrochisi mol-mulkni olib qo‘yish, baholash va 
realizatsiya qilish bilan bog‘liq holda qilgan xarajatlarning o‘rni 
to‘liq qoplanganligini tasdiqlovchi hujjatlarni undiruvni amalga 
oshirayotgan davlat ijrochisiga taqdim etgan taqdirda ham 
qarzdorga qaytariladi.
Realizatsiya qilingan mol-mulkni mol-mulkning bahosi to‘liq 
to‘languniga qadar xaridorlarga berib yuborish, shuningdek 
to‘lovni kechiktirish (bo‘lib-bo‘lib to‘lash) sharti bilan realizatsiya 
qilish savdo tashkilotlariga va davlat ijrochilariga taqiqlanadi. 


Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni realizatsiya 
qilish xususiyatlari, shuningdek ko‘chmas mulkni uzoq muddatga 
ijaraga olish huquqlarini, qarzdorning yer uchastkalariga, 
intellektual faoliyat natijalariga va xususiy alomatlarini aks 
ettiruvchi vositalarga bo‘lgan mulkiy huquqlarini realizatsiya qilish 
tartibi ushbu Qonun talablari hisobga olingan holda O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling