Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-BOB. QARZDORNING ISh HAQI VA UNGA TENGLAShTIRILGAN TO‘LOVLARGA
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
7-BOB. QARZDORNING ISh HAQI VA UNGA TENGLAShTIRILGAN TO‘LOVLARGA
NISBATAN UNDIRUV 64-modda. Undiruvni qarzdorning ish haqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga qaratish Oldingi tahrirga qarang. Undiruv quyidagi hollarda qarzdorning ish haqiga yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarga qaratiladi: davriy to‘lovlarni undirish to‘g‘risidagi qarorlarni ijro etishda; Oldingi tahrirga qarang. bazaviy hisoblash miqdorining ikki baravaridan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi, shu jumladan yig‘ma ijro ishi yuritishga birlashtirilgan ijro hujjatlari bo‘yicha ushbu miqdordagi pul summasini undirishda; (64-modda birinchi qismining uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 3- dekabrdagi O‘RQ-586-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son) undirilayotgan summalarni to‘liq uzish uchun qarzdorning mol-mulki bo‘lmaganda yoki uning mol-mulki yetarli bo‘lmaganda. Qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki o‘zga shaxslar undiruvchidan yoxud davlat ijrochisidan ijro hujjatini olgan kundan e’tiboran qarzdor jismoniy shaxsning ish haqi va boshqa daromadlaridan pul mablag‘larini ijro hujjatidagi talablarga muvofiq ushlab qolishi shart. Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs ushlab qolingan pul mablag‘larini undiruvchiga to‘lov amalga oshirilgan kundan e’tiboran uch kun ichida to‘lashi yoki o‘tkazishi shart. Pul mablag‘larini to‘lash va o‘tkazish qarzdor hisobidan amalga oshiriladi. Qarzdor bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinganda, u o‘qishni bitirganda (boshqa joyga o‘tkazilganda), pensiya va boshqa daromadlar olish joyidan ketganda, qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs bu haqda darhol davlat ijrochisiga xabar berishi va amalga oshirilgan undiruvlar to‘g‘risida belgi qo‘yilgan ijro hujjatini unga qaytarishi shart. Qarzdor jismoniy shaxs yangi ish, o‘qish joyi, pensiya va boshqa daromadlar olish joyi to‘g‘risida darhol davlat ijrochisiga va undiruvchiga xabar berishi shart. Qarzdorga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs ijro hujjatlarining o‘z vaqtida va to‘g‘ri ijro etilishini, ularning hisobini va saqlanishini O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi tomonidan tasdiqlanadigan qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilotlar yoki o‘zga shaxslar tomonidan ijro hujjatlarining ijro etilishi qoidalariga muvofiq holda ta’minlaydi. Davlat ijrochisi qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs tomonidan ijro hujjati talablari bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, shu jumladan ijro hujjati bo‘yicha pul mablag‘larining to‘g‘ri ushlab qolinishi va o‘z vaqtida o‘tkazilishi, ularning saqlanishiga va hisobga olinishiga doir belgilangan talablarga rioya etilishi yuzasidan undiruvchining arizasiga ko‘ra yoki o‘z tashabbusi bilan tekshirish o‘tkazadi. Bunday tekshirishni o‘tkazishda qarzdor jismoniy shaxsga ish haqi yoki boshqa unga tenglashtirilgan to‘lovlarni to‘layotgan tashkilot yoki o‘zga shaxs tegishli buxgalteriya hujjatlarini va boshqa hujjatlarni davlat ijrochisiga taqdim etishi shart. (64-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling