Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Alimentlar va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

70-modda. Alimentlar va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi
Alimentlar va aliment majburiyatlari bo‘yicha qarzlarni undirish tartibi O‘zbekiston 
Respublikasining Oila 
kodeksi 
bilan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 
V bo‘limiga 
qarang. 
8-BOB. MULKIY XUSUSIYATGA EGA BO‘LMAGAN NIZOLAR BO‘YIChA IJRO 
HUJJATLARINI IJRO ETISh
71-modda. Qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga 
oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarini ijro etishning umumiy 
shartlari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi qarzdorga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga 
oshirishdan o‘zini tiyish majburiyatini yuklovchi ijro hujjati bo‘yicha ijro ishi yuritishni 
qo‘zg‘atayotganda ularni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun unga o‘n besh kunlik muddat belgilaydi.
Davlat ijrochisi ijro hujjatining o‘zi belgilagan muddatda ixtiyoriy ravishda ijro etilishi 
ustidan nazoratni amalga oshiradi.
Qarzdor ijro hujjatining talablarini davlat ijrochisi tomonidan belgilangan muddatda uzrsiz 
sabablarga ko‘ra ijro etmagan taqdirda, davlat ijrochisi qarzdorga nisbatan ma’muriy jazo qo‘llaydi, 
sud hujjatini bajarishdan bo‘yin tovlagan taqdirda esa uni jinoiy javobgarlik to‘g‘risida yozma 
shaklda ogohlantiradi. Qarzdor shundan so‘ng ham ijro hujjatini ijro etishdan bo‘yin tovlagan 
taqdirda, davlat ijrochisi qonunda belgilangan tartibda uni jinoiy javobgarlikka tortish choralarini 
ko‘radi;
(71-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
72-modda. Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Xodimni ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjati, basharti u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi 
qonunga xilof ravishda bekor qilingan yoki u qonunga xilof ravishda boshqa ishga o‘tkazilgan bo‘lsa, 
darhol ijro etiladi. 
Ishga tiklash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish ish beruvchi mehnat shartnomasini bekor 
qilish yoki boshqa ishga o‘tkazish haqidagi o‘zining noqonuniy farmoyishini bekor qilish to‘g‘risida 
buyruq chiqarib, xodim ilgarigi mehnat majburiyatlarini bajarishga amalda qo‘yilgan vaqtdan 
boshlab tamomlangan hisoblanadi. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling