Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Qarzdorni ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

73-modda. Qarzdorni ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdorni ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjati davlat ijrochisi belgilagan muddatda ijro 
etilmagan taqdirda ko‘chirish davlat ijrochisi tomonidan majburiy tartibda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi majburiy ko‘chirish kuni va vaqti to‘g‘risida qarzdorga rasman ma’lum 
qiladi. Ko‘chirish kuni to‘g‘risida xabardor qilingan qarzdorning hozir bo‘lmasligi ijro hujjatini ijro 
etish uchun to‘sqinlik qilmaydi.
Ko‘chirish ijro hujjatida ko‘rsatilgan xonani ko‘chiriluvchidan, uning mol-mulkidan, uy 
hayvonlaridan bo‘shatishdan va ko‘chiriluvchining bo‘shatilgan xonadan foydalanishini man 
qilishdan iborat bo‘ladi.


Ko‘chirish xolislar ishtirokida, zarur hollarda — ichki ishlar organlari xodimlarining 
ko‘magida, davlat ijrochisi tomonidan mol-mulkni albatta xatlagan holda amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi zarur hollarda qilinadigan xarajatlarni qarzdorning zimmasiga yuklagan 
holda uning mol-mulki saqlanishini ta’minlaydi.
Agar qarzdor uydan ko‘chirilgan kundan e’tiboran olti oy ichida mazkur mol-mulkni olib 
ketmasa, davlat ijrochisi qarzdorni yozma shaklda ogohlantirganidan so‘ng mazkur mol-mulkni 
ushbu Qonunda belgilangan tartibda realizatsiya qilishga topshiradi.
Qarzdorning mol-mulkini realizatsiya qilishdan tushgan va ijro yig‘imi, davlat ijrochisi 
tomonidan qarzdorga solingan jarimalar va ijro xarajatlarining o‘rni qoplanganidan keyin ortib qolgan 
pul mablag‘lari qarzdorga qaytariladi. Qarzdor tomonidan talab qilib olinmagan pul mablag‘lari 
Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘ida uch yil mobaynida saqlanadi. Mazkur pul 
mablag‘lari ushbu muddat o‘tganidan so‘ng O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjetiga 
o‘tkaziladi.
Ko‘chirish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish davlat ijrochisi tomonidan ko‘chirish 
to‘g‘risida dalolatnoma tuzish orqali rasmiylashtiriladi. 
(73-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling