Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi masalalarning
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
38-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish to‘g‘risidagi masalalarning
sud yoki davlat ijrochisi tomonidan ko‘rib chiqilishi Iqtisodiy sud tomonidan berilgan ijro hujjati asosida qo‘zg‘atilgan ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish o‘sha iqtisodiy sud yoki davlat ijrochisi turgan joydagi iqtisodiy sud tomonidan amalga oshiriladi. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish quyidagi hollarda ham iqtisodiy sud tomonidan amalga oshiriladi: ijro xatlari ijro etilganda, agar undiruvchi va qarzdor yuridik shaxslar yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqarolar bo‘lsa; davlat ijrochisining ijro yig‘imini va ijro xarajatlarini undirish to‘g‘risidagi qarorlari ijro etilganda, agar qarzdor yuridik shaxs yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan fuqaro bo‘lsa. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilmagan ijro hujjatlari bo‘yicha ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish davlat ijrochisi turgan joydagi umumiy yurisdiksiya sudi tomonidan amalga oshiriladi. Agar O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik protsessual , Iqtisodiy protsessual yoki Jinoyat-protsessual kodekslarida boshqa tartib belgilanmagan bo‘lsa, ijro ishi yuritishdagi taraflarning yoki davlat ijrochisining ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish haqidagi yoki tugatish to‘g‘risidagi arizasi u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda sud tomonidan ko‘rib chiqiladi. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish va tugatish, ushbu Qonun 34-moddasining ikkinchi qismi , 35-moddasining ikkinchi qismi va 37-moddasining ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollarda, ijro hujjati qaysi davlat ijrochisining ish yuritishida bo‘lsa, o‘sha davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi. Ijro ishi yuritishdagi taraflarning ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risidagi arizasi u kelib tushgan kundan e’tiboran o‘n kunlik muddatda davlat ijrochisi tomonidan ko‘rib chiqiladi. Arizani ko‘rib chiqish natijalariga ko‘ra davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish haqida yoxud ijro ishi yuritishni to‘xtatib turishni yoki tugatishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqaradi. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish haqidagi sud hujjati yoxud boshqa organning hujjati davlat ijrochisi tomonidan olingan paytdan e’tiboran darhol ijro etilishi kerak. Davlat ijrochisi ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoki tugatish to‘g‘risida bu haqda unga ma’lum bo‘lgan vaqtdan e’tiboran uch kunlik muddatda ijro ishi yuritishdagi taraflarga, sudga (agar masala ijro hujjatini bergan sud tomonidan emas, boshqa sud tomonidan hal qilingan bo‘lsa) yoki ijro hujjatini bergan o‘zga organga ma’lum qiladi. To‘xtatilgan ijro ishi yuritish bo‘yicha u tiklanguniga qadar majburiy ijro choralari qo‘llanilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Sud yoki boshqa organning ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish yoxud tugatish to‘g‘risidagi hujjati ustidan o‘n kunlik muddatda shikoyat qilinishi yoki protest bildirilishi mumkin. (38-modda O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling