90-modda. Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika
ta’minoti
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat ijrochilari faoliyatining moliyalashtirilishi va moddiy-texnika ta’minoti Majburiy ijro
byurosi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablag‘lari va qonunchilikda
taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladi.
(90-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Majburiy ijro byurosi organlari maxsus avtotransport vositalari, shu jumladan Majburiy ijro
byurosiga mansubligini anglatuvchi maxsus chiroqli signallarga, bo‘yoqlarning rangli grafik
sxemalariga ega bo‘lgan avtotransport vositalari, shuningdek boshqa maxsus vositalar bilan
ta’minlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Davlat ijrochilarining faoliyatini qo‘shimcha moliyalashtirish va moddiy-texnika
ta’minotini yaxshilash maqsadida jamg‘arma tuzilishi mumkin. Ushbu jamg‘armani tashkil etish
tartibi qonunchilik bilan belgilanadi.
(90-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 2009-yil 15-iyuldagi 200-sonli “Davlat daromadiga o‘tkaziladigan mol-mulkni olib qo‘yish,
sotish yoki yo‘q qilib tashlash tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi
qaroriga
qarash tavsiya etiladi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2001-yil 29-avgust,
258-II-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda; O‘zbekiston
Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2007-y., 31-32-son, 315-modda, 50-51-son, 506-modda; 2008-y., 14-
15-son, 91-modda, 94-modda; 2009-y., 3-son, 9-modda; 2010-y., 37-son, 315-modda, 38-son, 328-modda;
2013-y., 1-son, 1-modda; 2014-y., 20-son, 222-modda; 2015-y., 33-son, 439-modda, 52-son, 645-modda;
2016-y., 39-son, 457-modda; 2017-y., 37-son, 978-modda, Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi,
05.01.2018-y., 03/18/456/0512-son, 10.01.2018-y., 03/18/459/0536-son; 30.01.2018-y., 03/18/463/0634-son;
2019-y., 2-son, 47-modda, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son,
29.08.2019-y., 03/19/558/3662-son, 23.10.2019-y., 03/19/572/3943-son; 04.12.2019-y., 03/19/586/4106-son;
Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-
son, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son )
Do'stlaringiz bilan baham: |