Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ijro harakatlarining


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

4-modda. Banklar va boshqa kredit tashkilotlari tomonidan ijro harakatlarining 
ta’minlanishi
Agar undiruvchi bankda yoki boshqa kredit tashkilotida qarzdorning hisobvaraqlari 
mavjudligi haqidagi ma’lumotlarga ega bo‘lsa, pul mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi sud 
hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari bayon etilgan ijro hujjatini undiruvchi 
bevosita ana shu bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga yuborishi mumkin. 
Qarzdorning hisobvaraqlari bo‘yicha xizmat ko‘rsatuvchi bank yoki boshqa kredit tashkiloti 
ijro hujjati olingan kundan e’tiboran uch kunlik muddat ichida ijro hujjatida bayon etilgan pul 
mablag‘larini undirish to‘g‘risidagi talablarni ijro etadi yoxud qarzdorning hisobvaraqlarida 
undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli pul mablag‘i yo‘qligi sababli ko‘rsatilgan 
talablar to‘la yoki qisman ijro etilmaganligini qayd etib qo‘yadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ushbu moddaning 
ikkinchi qismida
ko‘rsatilgan talablarni bajarmaslik sudning 
qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda va miqdorda bankka yoki boshqa kredit tashkilotiga jarima 
solishi uchun asos bo‘ladi. 


(4-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi 
Jarima miqdori mazkur Qonunning 
81-moddasida 
belgilangan. 
5-modda. Ijro etilishi lozim bo‘lgan sud hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari
Ushbu Qonunda belgilangan qoidalarga binoan quyidagilar ijro etilishi lozim: 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
1) fuqarolik ishlari va iqtisodiy nizolar bo‘yicha sudlarning hal qiluv qarorlari, ajrimlari va 
qarorlari
(5-moddaning 1-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi O‘RQ-446-sonli 
Qonuni 
tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2) jinoyat ishlari bo‘yicha sudlarning hukmlari, ajrimlari va qarorlarining mulkiy undirishga 
oid qismi, shuningdek jarima tariqasidagi jazoni nazarda tutuvchi hukmlari, ajrimlari va qarorlari;
(5-moddaning 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi O‘RQ-151-sonli 
Qonuni
 
tahririda — O‘R QHT, 2008-y., 14-15-son, 94-modda) 
3) ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlar bo‘yicha sud qarorlarining mulkiy 
undirishga oid qismi; 
4) alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar; 
5) notariuslarning ijro xatlari
6) mehnat nizolari komissiyalarining qarorlari; 
7) ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlar 
(mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar
Oldingi
 tahrirga qarang. 
8) hakamlik sudining qarorlari; 
(5-moddaning 8-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-106-sonli 
Qonuni
 
tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
9) O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligi yoki xalqaro shartnomasida nazarda tutilgan 
hollarda chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlari; 
(5-moddaning 9-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
10) o‘zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan 
uylarda yashayotgan shaxslarni ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokurorlarning qarorlari; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
11) davlat ijrochilarining ushbu Qonunda nazarda tutilgan hollardagi qarorlari
(5-moddaning 11-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
12) qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari. 
(5-moddaning 12-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling