17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki
Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan shaxslarga
tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi ta’minlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tillarni biladigan har qanday voyaga yetgan, muomalaga
layoqatli jismoniy shaxs tarjimon bo‘lishi mumkin. Tarjimon davlat ijrochisining qarori bilan
tayinlanadi.
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Tarjimon o‘z mehnati uchun haq olish huquqiga ega bo‘lib, bu haq ijro harakatlarini amalga
oshirish xarajatlariga kiritiladi.
LexUZ sharhi
Mazkur Qonunning
9-bobiga
qarang.
Oldingi
tahrirga qarang.
Tarjimon bila turib, noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda javobgar
bo‘ladi, bu haqda uni davlat ijrochisi yozma ravishda ogohlantiradi.
(17-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
18-modda. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki
Oldingi
tahrirga qarang.
Qarzdorning xonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini ko‘zdan kechirish, xatlash, olib
qo‘yish va berish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart.
Boshqa hollarda, xolislar davlat ijrochisining ixtiyoriga ko‘ra chaqiriladi.
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro yoki
ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh bo‘lmagan, bir-biriga bo‘ysunmaydigan va bir-birini
nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar taklif etilishi
mumkin. Xolislar ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |