Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar vakillarining ishtiroki
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
- Bu sahifa navigatsiya:
- 14-modda. Vakilning vakolatlari
13-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar vakillarining ishtiroki
Oldingi tahrirga qarang. Jismoniy shaxslar ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda yoki vakillari orqali ishtirok etishlari mumkin. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaxsning shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi. Agar ijro hujjati bo‘yicha qarzdor zimmasiga faqat uning o‘zi shaxsan ijro etishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar yuklatilgan bo‘lsa, shuningdek ijro hujjatining xususiyati undiruvchining shaxsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor yoki undiruvchi o‘z vakili orqali harakat qilishga haqli emas. (13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199- sonli Qonuni tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) Oldingi tahrirga qarang. Yuridik shaxslar ijro ishi yuritishda qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida o‘zlariga berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari yoki mansabdor shaxslari orqali yoxud mazkur organlar va mansabdor shaxslarning vakillari orqali ishtirok etadilar. (13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Yuridik shaxsning nomidan ishtirok etuvchi shaxslarda o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlar bo‘lishi shart. 14-modda. Vakilning vakolatlari Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan tasdiqlangan bo‘lishi shart. LexUZ sharhi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 10-bobiga qarang. Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi vakil o‘zini vakil qilgan shaxs nomidan ijro ishi yuritish bilan bog‘liq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. Vakil qilayotgan shaxs berayotgan ishonchnomada vakilning quyidagi harakatlarni amalga oshirish vakolatlari maxsus ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak: ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish; undiruvdan voz kechish; vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (ishonib topshirish); Oldingi tahrirga qarang. davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni rad qilish; (14-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30- iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) undirilgan mol-mulkni (shu jumladan pulni) olish; Oldingi tahrirga qarang. kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish. (14-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30- iyuldagi O‘RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling