Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar vakillarining ishtiroki


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

13-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar vakillarining ishtiroki
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jismoniy shaxslar ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda yoki vakillari orqali ishtirok etishlari 
mumkin. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaxsning shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega bo‘lish 
huquqidan mahrum etmaydi. Agar ijro hujjati bo‘yicha qarzdor zimmasiga faqat uning o‘zi shaxsan 
ijro etishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar yuklatilgan bo‘lsa, shuningdek ijro hujjatining xususiyati 
undiruvchining shaxsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor yoki undiruvchi 
o‘z vakili orqali harakat qilishga haqli emas. 
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yuridik shaxslar ijro ishi yuritishda qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida o‘zlariga berilgan 
vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari yoki mansabdor shaxslari orqali yoxud mazkur 
organlar va mansabdor shaxslarning vakillari orqali ishtirok etadilar. 
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxsning nomidan ishtirok etuvchi shaxslarda o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi 
hujjatlar bo‘lishi shart. 
14-modda. Vakilning vakolatlari 
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan 
tasdiqlangan bo‘lishi shart. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
10-bobiga 
qarang. 


Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi vakil o‘zini vakil qilgan shaxs nomidan ijro ishi yuritish 
bilan bog‘liq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. 
Vakil qilayotgan shaxs berayotgan ishonchnomada vakilning quyidagi harakatlarni amalga 
oshirish vakolatlari maxsus ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak: 
ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish
undiruvdan voz kechish; 
vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (ishonib topshirish); 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni rad qilish
(14-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-
iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son) 
undirilgan mol-mulkni (shu jumladan pulni) olish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish. 
(14-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-
iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son) 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling