Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Vakil bo‘lolmaydigan shaxslar


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

15-modda. Vakil bo‘lolmaydigan shaxslar 
Voyaga yetmagan yoki vasiylikda yoxud homiylikda turgan shaxslar ijro ishi yuritishda 
vakil bo‘lishlari mumkin emas. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga 
oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini 
yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli 
sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi 
organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan tatbiq 
etilmaydi. 
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 
16-modda. Qonuniy vakillar 
Ijro ishi yuritishda muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan jismoniy 
shaxslarning huquqlari hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini ularning qonuniy vakillari 
— ota-onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari himoya qiladilar. Ular o‘z 
vakolatlarini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etadilar. 
Qonuniy vakillar amalga oshirish huquqi vakil qilinayotganlarga tegishli bo‘lgan barcha 
harakatlarni qonunda nazarda tutilgan cheklanishlar bilan vakil qilinayotganlarning nomidan 
bajaradilar. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Belgilangan tartibda bedarak yo‘qolgan deb topilgan jismoniy shaxs ishtirok etishi lozim 
bo‘lgan ijro ishi yuritish bo‘yicha, bedarak yo‘qolganning mol-mulki ishonchli boshqaruviga berilgan 
va qonunchilikda belgilangan tartibda tayinlangan shaxslar bedarak yo‘qolgan shaxsning vakili 
sifatida qatnashadilar. 
(16-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
33

35-moddalari 
va 
49-bobiga 
qarang. 
Vafot etgan yoki belgilangan tartibda vafot etgan deb e’lon qilingan shaxsning merosxo‘ri 
ishtirok etishi lozim bo‘lgan ijro ishi yuritish bo‘yicha, agar merosni hali hech kim qabul qilib 
olmagan bo‘lsa, vasiy yoki meros mol-mulkni muhofaza qilish va boshqarish uchun tayinlangan 
saqlovchi merosxo‘rning vakili sifatida qatnashadi. 
 LexUZ sharhi 


Fuqaroni bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb topish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik 
kodeksining 
36
 va 
37-moddalari 
hamda Fuqarolik protsessual kodeksining 
32-bobida 
belgilangan. 
Qonuniy vakillar ijro ishi yuritishda ishtirok etishni o‘zlari vakil sifatida tanlagan boshqa 
shaxsga topshirish huquqiga egadirlar. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling