Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-BOB. IJRO IShI YuRITIShDA IShTIROK ETUVChI ShAXSLAR


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

2-BOB. IJRO IShI YuRITIShDA IShTIROK ETUVChI ShAXSLAR
9-modda. Ijro ishi yuritishdagi taraflar 
Undiruvchi va qarzdor ijro ishi yuritishdagi taraflar hisoblanadi. 
Ijro hujjati kimning foydasiga yoki manfaatlarini ko‘zlab berilgan bo‘lsa, o‘sha shaxs 
undiruvchi hisoblanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatida nazarda tutilgan pul mablag‘lari yoki boshqa mol-mulkni undiruvchiga berish 
yoxud muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki ularni amalga oshirishdan o‘zini tiyish majburiyati 
zimmasiga yuklatilgan shaxs qarzdor hisoblanadi. 
(9-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) 
Ijro ishi yuritishda bir necha undiruvchi yoki qarzdor ishtirok etishi mumkin. Ularning har 
biri boshqa tarafga nisbatan ijro ishi yuritishda mustaqil ishtirok etadi yoki ijro harakatlarida ishtirok 
etishni sheriklardan biriga topshirishi mumkin. 
10-modda. Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning ishtiroki
Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning huquqlarini ularning qonuniy vakillari — ota-
onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari amalga oshiradilar. 
Fuqarolik, oilaviy, mehnat, ma’muriy huquqiy munosabatlardan hamda olingan ish haqini 
yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha sud 
hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari ijro etilayotganda voyaga 
yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o‘z huquqlarini 
amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. 
O‘n olti yoshga to‘lgan, voyaga yetmagan shaxs to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon 
qilingan taqdirda (emansipatsiya), u ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o‘z huquqlarini amalga 
oshirishi va majburiyatlarni bajarishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
28-moddasiga 
qarang. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling