Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishda taraflarning huquq va majburiyatlari


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

11-modda. Ijro ishi yuritishda taraflarning huquq va majburiyatlari
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishda ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, 
ulardan ko‘chirmalar, nusxalar olish, qo‘shimcha materiallar taqdim etish, iltimosnomalar berish, ijro 
harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish, ijro harakatlari jarayonida og‘zaki va yozma 
tushuntirishlar berish, ijro ishi yuritilishi davomida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan o‘z vajlari 
va fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning 
iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi e’tiroz bildirish, rad qilish, davlat ijrochisining 
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar. 
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini va boshqa organlar 
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini bajarishlari shart. 
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki qarzdorning 
vafot etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz 
kechilishi, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazilishi va shu kabilar) davlat ijrochisi o‘z qarori bilan ana shu 
tarafni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Amalga 
oshirilgan barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan bo‘lsa, 
uning o‘rniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir. 
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
50-moddasi 
(Yuridik shaxslarni qayta tashkil 
etishda huquqiy vorislik), 
23-bobi 
(majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi) hamda
V bo‘limiga 
(vorislik 
huquqi) qarang. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling