Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishda ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish,
ulardan ko‘chirmalar, nusxalar olish, qo‘shimcha materiallar taqdim etish, iltimosnomalar berish, ijro
harakatlarini amalga
oshirishda ishtirok etish, ijro harakatlari jarayonida og‘zaki va yozma
tushuntirishlar berish, ijro ishi yuritilishi davomida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan o‘z vajlari
va
fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning
iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi e’tiroz bildirish, rad qilish, davlat ijrochisining
harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini
va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini bajarishlari shart.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
12-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik
Oldingi
tahrirga qarang.
Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi
yoki qarzdorning
vafot etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs
foydasiga talablardan voz
kechilishi, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazilishi va shu kabilar) davlat ijrochisi o‘z qarori bilan ana shu
tarafni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart.
Amalga
oshirilgan barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan bo‘lsa,
uning o‘rniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir.
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
50-moddasi
(Yuridik shaxslarni qayta tashkil
etishda huquqiy vorislik),
23-bobi
(majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi) hamda
V bo‘limiga
(vorislik
huquqi) qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: