boshqa hujjatlarning rekvizitlari), shuningdek qarzdor yuridik shaxsning soliq to‘lovchi
identifikatsiya raqami;
(8-modda birinchi qismininng 4-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 25-avgustdagi O‘RQ-
711-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 26.08.2021-y., 03/21/711/0825-son)
5) sud hujjati yoki boshqa organ hujjatining qaror qismi;
6) sud hujjati yoki boshqa organ
hujjati kuchga kirgan sana;
7) ijro hujjati berilgan sana va uni ijroga topshirish muddati.
Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjati sudya tomonidan imzolanadi va sudning gerbli muhri
bilan tasdiqlanadi.
Boshqa organning hujjati asosida berilgan ijro hujjati mazkur hujjatni qabul qilgan
organning vakolatli mansabdor shaxsi tomonidan imzolanadi va tegishli
organning muhri bilan
tasdiqlanadi.
Oldingi
tahrirga qarang.
Sud buyrug‘ining hamda alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan
kelishuvning, shuningdek notarius ijro xatining mazmuni qonunchilik bilan belgilanadi.
(8-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
LexUZ sharhi
O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy protsessual kodeksining
145-moddasi
, Fuqarolik protsessual
kodeksining
178-moddasi
, Oila kodeksining
17-bobi
hamda O‘zbekiston Respublikasi “Notariat to‘g‘risida”gi
Qonunining
79-moddasiga
qarang.
Do'stlaringiz bilan baham: