Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish


Download 0.86 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/68
Sana03.02.2023
Hajmi0.86 Mb.
#1150996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68
Bog'liq
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH

6-modda. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini ijro etish tartibi O‘zbekiston Respublikasining 
qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. 
(6-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi 
Boshqa davlatlar sudlarining qarorlarini ijro etish O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual 
kodeksining 
363-moddasi
 asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga chet el arbitrajlarining qarorlarini ijro 
qilish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 184-I-sonli qarori bilan 


1958-yil 10-iyundagi “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to‘g‘risida”gi Nyu-York 
Konvensiyasi
 ratifikatsiya qilingan. 
O‘zbekiston Respublikasi sudi tomonidan chet el sudining yoki arbitrajining qarori asosida 
berilgan ijro varaqasi, agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida 
nazarda tutilgan bo‘lmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan e’tiboran uch yil ichida majburiy 
ijro etish uchun topshirilishi mumkin. 
7-modda. Ijro hujjatlari 
Quyidagilar ijro hujjatlari hisoblanadi: 
1) sudlar o‘zlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro 
varaqalari; 
(7-modda birinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O‘RQ-
106-sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda) 
3) chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida O‘zbekiston Respublikasi sudlari beradigan 
ijro varaqalari; 
4) sud buyruqlari
5) alimentlar to‘lash to‘g‘risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar; 
6) notariuslarning ijro xatlari
7) mehnat nizolari komissiyalari o‘z qarorlari asosida beradigan guvohnomalar; 
8) ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqish vakolatiga ega organlar 
(mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar
9) o‘zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda 
yashayotgan shaxslarni ma’muriy tartibda ko‘chirish to‘g‘risidagi prokurorlarning qarorlari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
10) davlat ijrochilarining qarorlari; 
(7-moddaning birinchi qismi 10-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-
551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-
son)
11) qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro varaqasi, sud buyrug‘i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron 
hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin. 
(7-modda O‘zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O‘RQ-396-sonli 
Qonuniga 
asosan 
ikkinchi qism bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatining asl nusxasi yo‘qolgan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda 
beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos bo‘ladi. 
(7-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 
450-moddasi
, Iqtisodiy protsessual 
kodeksining 
341-moddasi
 va Jinoyat-protsessual kodeksining 
531-moddasiga 
qarang. 

Download 0.86 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   68




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling