Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Davlat ijrochisining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
21-modda. Davlat ijrochisining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa
tashkilotlar bilan hamkorligi Davlat ijrochilari o‘z zimmalariga yuklatilgan vazifalarni davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlikda amalga oshiradi. Mazkur organlar hamda tashkilotlar sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda sud ijrochilariga ko‘maklashishi shart. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlash maqsadida: 1) ichki ishlar organlari: davlat ijrochisining qarori asosida qarzdor jismoniy shaxsni, olib qo‘yilishi lozim bo‘lgan bolani, shuningdek avtomototransport vositalarini qidirishni amalga oshiradi; davlat ijrochisi huzuriga kelishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslarning belgilangan tartibda majburiy keltirilishini ta’minlaydi; ijro harakatlarini amalga oshirishda, shu jumladan davlat ijrochisi tomonidan ijro harakatlarining amalga oshirilishida biron-bir to‘siq bo‘lganda, jamoat tartibi saqlanishini ta’minlaydi; qonunda belgilangan majburiy ijro etish choralarini amalga oshirish uchun, shu jumladan undiruvni avtomototransport vositasiga qaratish uchun ushbu avtomototransport vositasining majburiy to‘xtatilishini davlat ijrochisining topshirig‘i asosida ta’minlaydi; avtomototransport vositasi egasi to‘g‘risidagi, tegishli qarzdorlar nomiga ro‘yxatga olingan avtomototransport vositalari haqidagi axborotni, shuningdek avtomototransport vositalariga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi boshqa ma’lumotni davlat ijrochisining yozma so‘rovi asosida uch kunlik muddatda taqdim etadi, sud ijrochilarining avtomototransport vositalarini ro‘yxatdan o‘tkazish yoki qayta ro‘yxatdan o‘tkazishga oid belgilagan taqiqlarini ijro etadi; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikda belgilangan hollarda ijro harakatlarini amalga oshirish davomida ro‘yxatga olingan avtomototransport vositalarini ko‘zdan kechirishda ishtirok etadi; (21-modda ikkinchi qismi 1-bandining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlaydi; Oldingi tahrirga qarang. 2) O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlari: (21-modda ikkinchi qismining 2-bandi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O‘RQ- 708-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son) ko‘chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, huquq egalari haqidagi ma’lumotlarni, shuningdek o‘zga kadastr ma’lumotlarini davlat ijrochisining yozma so‘roviga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etadi; sudning yoki davlat ijrochisining qarori yoxud davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlangan undiruvchi va qarzdor o‘rtasidagi ko‘chmas mulkni topshirish dalolatnomasi asosida ko‘chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi; Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikda belgilangan tartibda, davlat ijrochisining yozma topshirig‘i asosida kadastr ishini shakllantiradi hamda ko‘chmas mulkka, shu jumladan yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqi va boshqa ashyoviy huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi; Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling