Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
Download 0.86 Mb. Pdf ko'rish
|
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH
(21-modda ikkinchi qismi 2-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil
21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) ko‘chmas mulkni va yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarni boshqa shaxsga o‘tkazishga davlat ijrochisi tomonidan belgilangan taqiqlarni ijro etadi; Oldingi tahrirga qarang. yer uchastkasini olib qo‘yish va berish to‘g‘risidagi ijro harakatlarini amalga oshirishda, qonunchilikda belgilangan hollarda esa, ijro harakatlarini amalga oshirish davomida ro‘yxatga olingan boshqa ko‘chmas mulkni ko‘zdan kechirishda ishtirok etadi; (21-modda ikkinchi qismi 2-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 3) O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bilan birgalikda qarzdorlarning bank hisobvaraqlarini aniqlash uchun Bank depozitorlarining milliy axborot bazasidan foydalanish tartibini belgilaydi; 4) banklar va boshqa kredit tashkilotlari: davlat ijrochisining muayyan bank mijozining (vakilining) pul mablag‘lari va o‘zga mol- mulkiga undiruv qaratish yoki ularni xatlash haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori asosida bergan yozma so‘roviga ko‘ra unga bank sirini tashkil etuvchi ma’lumotlarni taqdim etadi; davlat ijrochisining yozma so‘roviga ko‘ra qarzdorning banki va xatlash mumkin bo‘lgan hisobvarag‘ini aniqlaydi hamda bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga ma’lum qiladi; Oldingi tahrirga qarang. davlat ijrochilarining qarzdordan ijro hujjati bo‘yicha tegishli qarzni, shu jumladan ijro yig‘imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini nizosiz tartibda undirish to‘g‘risidagi topshiriqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bajaradi; (21-modda ikkinchi qismi 4-bandining to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) davlat ijrochisining qaroriga muvofiq qarzdorning chet el valyutasini, shu jumladan naqd chet el valyutasini sotadi yoki sotib oladi; qarzdorning hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash haqidagi davlat ijrochisining qarorini, shuningdek davlat ijrochisining qarorida ko‘rsatilgan qarzdorning hisobvarag‘idan foydalanishga oid boshqa cheklovlar ijrosini ta’minlaydi; ijro harakatlarini amalga oshirish davomida qarzdordan olib qo‘yilgan yoki undirilgan, shuningdek mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag‘lari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag‘ida vaqtinchalik saqlanishini ta’minlaydi, davlat ijrochisining qaroriga asosan bu mablag‘larni tegishli undiruvchiga, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli jamg‘armalariga, shuningdek ijro yig‘imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini to‘lash uchun o‘tkazadi (beradi); 5) davlat soliq xizmati organlari: budjetga va davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlikni qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining majburiy ijrosini ta’minlashda davlat ijrochilariga yordam ko‘rsatadi; davlat ijrochisining topshirig‘iga ko‘ra, qarzdorning soliqlar va budjetga boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik hisob-kitobini amalga oshiradi hamda ularni davlat ijrochisiga taqdim etadi; davlat soliq xizmati organlarining ma’lumotlar bazasida qarzdor soliq to‘lovchi to‘g‘risida mavjud bo‘lgan axborotni davlat ijrochisining yozma so‘roviga ko‘ra uch kunlik muddatda taqdim etadi; soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lashdan bo‘yin tovlayotgan qarzdorning hisobga olinmagan daromadlarini aniqlashda davlat ijrochilariga ko‘maklashadi; Oldingi tahrirga qarang. realizatsiya qilinmagan mol-mulkning arzonlashtirilishida qonunchilikda belgilangan hollarda ishtirok etadi; (21-modda ikkinchi qismi 5-bandining oltinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21- apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) 6) g‘aznachilik organlari: O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki yagona g‘aznachilik hisobvarag‘idan pul mablag‘larini ijro hujjati talablarini bajarish uchun davlat ijrochisining qarori asosida o‘n kunlik muddatda o‘tkazadi; davlat ijrochisining qarzdor budjet tashkilotining yagona g‘aznachilik hisobvarag‘ida saqlanayotgan pul mablag‘larini xatlash to‘g‘risidagi qarorining, shuningdek qarzdorning mablag‘laridan foydalanishga nisbatan davlat ijrochisining qarorida nazarda tutilgan boshqa cheklovlarning ijrosini ta’minlaydi; 7) Davlat chegarasini qo‘riqlash organlari: sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O‘zbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash to‘g‘risidagi qarori ijrosini ta’minlaydi, sud hujjati yoki boshqa organ hujjati talablarini bajarishdan bo‘yin tovlayotgan qarzdor jismoniy shaxslar O‘zbekiston Respublikasidan chiqib ketishining oldini olish choralarini ko‘radi; O‘zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilingan yoki bunday cheklov olib tashlangan qarzdor jismoniy shaxslar to‘g‘risida axborotlarning tezkor almashinuvini Majburiy ijro byurosi organlari bilan birga belgilangan tartibda amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang. Qonunchilikda davlat ijrochilarining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa tashkilotlar bilan hamkorligining boshqa shakllari ham belgilanishi mumkin. (21-moddaning uchinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) Download 0.86 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling