Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

8
1
-modda. Ijro hujjatlarining Majburiy ijro byurosi organlariga taalluqliligi 
Ijro hujjatlarini majburiy ijro etish Majburiy ijro byurosining tuman (shahar) bo‘limlari 
tomonidan amalga oshiriladi, bundan Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalariga va 
markaziy apparatiga taalluqli ijro hujjatlari mustasno. 
Majburiy ijro byurosining hududiy boshqarmalari: 


turli tumanlarda (shaharlarda) joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar 
javobgarligi bo‘lgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini
ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining ellik ming baravaridan 
yuz ming baravarigacha miqdordagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini; 
chet davlatning rezidenti bo‘lgan qarzdor yuridik shaxsga nisbatan ijro hujjatlarini ijro 
etadi. 
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosh davlat ijrochilari yoxud 
ularning o‘rinbosarlari alohida holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining 
tuman (shahar) bo‘limlaridan olib qo‘yishga va uni o‘z ish yurituviga qabul qilishga haqli. 
Majburiy ijro byurosining markaziy apparati: 
turli viloyatlarda joylashgan bir nechta qarzdorga, shu jumladan solidar javobgarligi 
bo‘lgan qarzdorlarga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini; 
ijro hujjati taqdim etilgan kundagi bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming baravari 
miqdoridagi va undan ortiq miqdorlardagi summani undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarini; 
chet davlatlarga, ularning davlat organlariga, chet davlatlarning O‘zbekiston 
Respublikasida akkreditatsiya qilingan diplomatik vakolatxonalariga va konsullik muassasalariga, 
xalqaro hukumat tashkilotlariga va ularning vakolatxonalariga, shuningdek ularning diplomatik 
immunitetga ega bo‘lgan xodimlariga nisbatan berilgan ijro hujjatlarini ijro etadi. 
O‘zbekiston Respublikasining Bosh davlat ijrochisi yoxud uning o‘rinbosari alohida 
holatlarga qarab har qanday ijro ishini Majburiy ijro byurosining organidan olib qo‘yishga va uni 
o‘z ish yurituviga qabul qilishga, ijro ishini Majburiy ijro byurosining bir organidan boshqa 
organiga o‘tkazishga haqli. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling