Fuqarolik, oilaviy, mehnat, ma’muriy huquqiy munosabatlardan hamda olingan ish haqini
yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog‘liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo‘yicha sud
hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari ijro etilayotganda voyaga
yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o‘z huquqlarini
amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin.
O‘n olti yoshga to‘lgan, voyaga yetmagan shaxs to‘la muomalaga layoqatli deb e’lon
qilingan taqdirda (emansipatsiya), u ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o‘z
huquqlarini amalga
oshirishi va majburiyatlarni bajarishi mumkin.
LexUZ sharhi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining
28-moddasiga
qarang.
11-modda. Ijro ishi yuritishda taraflarning huquq va majburiyatlari
Oldingi
tahrirga qarang.
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishda ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish,
ulardan ko‘chirmalar,
nusxalar olish, qo‘shimcha materiallar taqdim etish,
iltimosnomalar berish,
ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish, ijro harakatlari jarayonida og‘zaki
va yozma
tushuntirishlar berish, ijro ishi yuritilishi davomida paydo bo‘ladigan masalalar yuzasidan o‘z
vajlari va fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishi yuritishda ishtirok
etuvchi boshqa shaxslarning
iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi e’tiroz bildirish,
rad qilish, davlat
ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar.
(11-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli
Qonuni
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
tahrirga qarang.
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini
va boshqa organlar
hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi qonunchilikning talablarini bajarishlari shart.
(11-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli
Qonuni
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Do'stlaringiz bilan baham: