Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

14-modda. Vakilning vakolatlari 
Vakilning vakolatlari qonunga muvofiq berilgan va rasmiylashtirilgan ishonchnoma bilan 
tasdiqlangan bo‘lishi shart. 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
10-bobiga 
qarang. 
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi vakil o‘zini vakil qilgan shaxs nomidan ijro ishi yuritish 
bilan bog‘liq barcha harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega. 
Vakil qilayotgan shaxs berayotgan ishonchnomada vakilning quyidagi harakatlarni amalga 
oshirish vakolatlari maxsus ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lishi kerak: 
ijro hujjatini ijroga topshirish va uni chaqirib olish
undiruvdan voz kechish; 
vakolatlarni boshqa shaxsga o‘tkazish (ishonib topshirish); 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
davlat ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat berish va uni rad qilish
(14-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-
iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son) 
undirilgan mol-mulkni (shu jumladan pulni) olish; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
kelishuv bitimi yoki mediativ kelishuv tuzish. 
(14-modda uchinchi qismining yettinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-
iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son) 
15-modda. Vakil bo‘lolmaydigan shaxslar 
Voyaga yetmagan yoki vasiylikda yoxud homiylikda turgan shaxslar ijro ishi yuritishda 
vakil bo‘lishlari mumkin emas. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sudyalar, prokurorlar, tergovchilar, surishtiruvchilar, tergovga qadar tekshiruvni amalga 
oshiruvchi organlarning mansabdor shaxslari, davlat ijrochilari va sud apparati xodimlari ijro ishini 
yuritishda vakillik qilishi mumkin emas. Bu qoida mazkur shaxslar ijro ishini yuritishda tegishli 
sudning, prokuratura, tergov, surishtiruv organining va tergovga qadar tekshiruvni amalga 
oshiruvchi organning vakolatli vakili yoki qonuniy vakil sifatida ishtirok etadigan hollarga nisbatan 
tatbiq etilmaydi. 
(15-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 23-maydagi O‘RQ-542-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 24.05.2019-y., 03/19/542/3177-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling