Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

17-modda. Ijro ishi yuritishda tarjimonning ishtiroki 
Ijro harakatlari amalga oshirilayotganda ijro ishi yuritilayotgan tilni bilmaydigan 
shaxslarga tarjimon xizmatidan foydalanish huquqi ta’minlanadi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tarjima qilish uchun zarur bo‘lgan tillarni biladigan har qanday voyaga yetgan
muomalaga layoqatli jismoniy shaxs tarjimon bo‘lishi mumkin. Tarjimon davlat ijrochisining qarori 
bilan tayinlanadi. 
(17-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Tarjimon o‘z mehnati uchun haq olish huquqiga ega bo‘lib, bu haq ijro harakatlarini 
amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi. 
 LexUZ sharhi 
Mazkur Qonunning 
9-bobiga 
qarang. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Tarjimon bila turib, noto‘g‘ri tarjima qilgan taqdirda qonunda belgilangan tartibda 
javobgar bo‘ladi, bu haqda uni davlat ijrochisi yozma ravishda ogohlantiradi. 
(17-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
18-modda. Ijro ishi yuritishda xolislarning ishtiroki 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


Qarzdorning xonalari va omborlarini ochish, mol-mulkini ko‘zdan kechirish, xatlash, olib 
qo‘yish va berish bilan bog‘liq ijro harakatlarini amalga oshirishda xolislar ishtirok etishi shart. 
Boshqa hollarda, xolislar davlat ijrochisining ixtiyoriga ko‘ra chaqiriladi. 
(18-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Xolislar sifatida ijro harakatlarini amalga oshirishdan manfaatdor bo‘lmagan va o‘zaro 
yoki ijro ishi yuritish ishtirokchilari bilan qarindosh bo‘lmagan, bir-biriga bo‘ysunmaydigan va bir-
birini nazorat qilmaydigan voyaga yetgan har qanday muomalaga layoqatli jismoniy shaxslar taklif 
etilishi mumkin. Xolislar ikki kishidan kam bo‘lmasligi kerak. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling