Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/74
Sana18.06.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1554721
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

12-modda. Ijro ishi yuritishda huquqiy vorislik 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritishdan taraflarning biri chiqib ketgan taqdirda (undiruvchi yoki qarzdorning 
vafot etishi, yuridik shaxsning qayta tashkil etilishi, boshqa shaxs foydasiga talablardan voz 
kechilishi, qarzni boshqa shaxsga o‘tkazilishi va shu kabilar) davlat ijrochisi o‘z qarori bilan ana 
shu tarafni uning huquqiy vorisi bilan qonunda belgilangan tartibda almashtirishi shart. Amalga 
oshirilgan barcha harakatlar chiqib ketgan taraf uchun qay darajada majburiy hisoblangan bo‘lsa, 
uning o‘rniga ijro ishi yuritishga kirgan huquqiy voris uchun ham shu darajada majburiydir. 
(12-moddaning matni O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O‘RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
 LexUZ sharhi 
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
50-moddasi 
(Yuridik shaxslarni qayta tashkil 
etishda huquqiy vorislik), 
23-bobi 
(majburiyatdagi shaxslarning o‘zgarishi) hamda
V bo‘limiga 
(vorislik 
huquqi) qarang. 
13-modda. Ijro ishi yuritishda taraflar vakillarining ishtiroki
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jismoniy shaxslar ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda yoki vakillari orqali ishtirok 
etishlari mumkin. Ijro ishi yuritishda jismoniy shaxsning shaxsan ishtirok etishi uni vakilga ega 
bo‘lish huquqidan mahrum etmaydi. Agar ijro hujjati bo‘yicha qarzdor zimmasiga faqat uning o‘zi 
shaxsan ijro etishi mumkin bo‘lgan majburiyatlar yuklatilgan bo‘lsa, shuningdek ijro hujjatining 


xususiyati undiruvchining shaxsan ishtirokini talab qilgan hollarda ularni ijro etishda qarzdor yoki 
undiruvchi o‘z vakili orqali harakat qilishga haqli emas. 
(13-moddaning birinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O‘RQ-199-
sonli 
Qonuni
 tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yuridik shaxslar ijro ishi yuritishda qonunchilikda yoki ta’sis hujjatlarida o‘zlariga 
berilgan vakolatlar doirasida harakat qiladigan organlari yoki mansabdor shaxslari orqali yoxud 
mazkur organlar va mansabdor shaxslarning vakillari orqali ishtirok etadilar. 
(13-moddaning ikkinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O‘RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Yuridik shaxsning nomidan ishtirok etuvchi shaxslarda o‘z vakolatlarini tasdiqlovchi 
hujjatlar bo‘lishi shart. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling