Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

73
1
-modda. Imoratni buzib tashlash to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro etish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdorning imoratini majburiy buzib tashlash xolislar ishtirokida va ichki ishlar 
organlarining xodimlari ko„magida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshiriladi.
Davlat ijrochisi imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida qarzdorni xabardor 
qiladi. Imoratni majburiy buzib tashlash kuni va vaqti haqida xabardor qilingan qarzdorning 
kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga to„sqinlik qilmaydi. 
(73
1
-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
73
2
-modda. Yer uchastkasini olib qo‘yish va o‘tkazish to‘g‘risidagi ijro hujjatini ijro 
etish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qarzdordan yer uchastkasini majburiy olib qo„yish O„zbekiston Respublikasi Davlat soliq 
qo„mitasi huzuridagi Kadastr agentligi organi mutaxassisi albatta ishtirok etgan holda amalga 
oshiriladi. 
(73
2
-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O„RQ-708-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Davlat ijrochisi yer uchastkasini majburiy olib qo„yish kuni va vaqti haqida qarzdorni 
xabardor qiladi. Yer uchastkasini majburiy olib qo„yish kuni va vaqti haqida xabardor qilingan 
qarzdorning kelmaganligi ijro hujjatini ijro etishga to„sqinlik qilmaydi. 
(73
2
-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Yer uchastkasini olib qo„yish to„g„risidagi ijro hujjatining ijrosi yer uchastkasi davlat 
ijrochisining dalolatnomasi asosida undiruvchiga o„tkazilgan paytdan e‟tiboran tamomlangan 
hisoblanadi. 
(73
2
-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar undiruvchining yer uchastkasiga bo„lgan tegishli huquqi ro„yxatga olinmagan bo„lsa, 
davlat ijrochisi o„z qarori bilan O„zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo„mitasi huzuridagi Kadastr 
agentligi organiga undiruvchining ijro hujjatida ko„rsatilgan yer uchastkasiga bo„lgan huquqini 
davlat ro„yxatidan o„tkazish majburiyatini yuklaydi. Bunda yer uchastkasini olib qo„yish 
to„g„risidagi ijro hujjatining ijrosi undiruvchining yer uchastkasiga bo„lgan huquqi davlat 
ro„yxatidan o„tkazilgan paytdan e‟tiboran tamomlangan hisoblanadi. 
(73
2
-moddaning to„rtinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 16-avgustdagi O„RQ-708-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 17.08.2021-y., 03/21/708/0799-son) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling