Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001



O„ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI 
SUD HUJJATLARI VA BOSHQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETISH 
TO‘G‘RISIDA 
1-BOB. UMUMIY QOIDALAR 
1-modda. Ushbu Qonunning maqsadi 
Ushbu Qonun sud hujjatlari, shuningdek qonunda belgilangan vakolatlarini amalga 
oshirayotganlarida jismoniy yoki yuridik shaxslar zimmasiga pul mablag„lari va boshqa mol-mulkni 
o„zga shaxslarga berish yoxud ular foydasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish yoki bunday 
harakatlarni amalga oshirishdan o„zini tiyish majburiyatini yuklash huquqi berilgan boshqa 
organlarning (mansabdor shaxslarning) hujjatlari majburiy ijro etilayotganda yuzaga keladigan 
munosabatlarni tartibga soladi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2-modda. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to‘g‘risidagi 
qonunchilik 
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to„g„risidagi qonunchilik ushbu 
Qonun hamda boshqa qonunchilik hujjatlaridan iboratdir. 
Agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O„zbekiston Respublikasining 
sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish to„g„risidagi qonunchiligida nazarda 
tutilganidan boshqacha qoidalar belgilangan bo„lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo„llaniladi. 
(2-modda O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda 
— Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
3-modda. Ijro etish organlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini majburiy ijro etish O„zbekiston Respublikasi 
Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi (bundan buyon matnda Majburiy ijro byurosi 
deb yuritiladi) organlarining davlat ijrochilari zimmasiga yuklatiladi, ularning vakolatlari ushbu 
Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilanadi. 
(3-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)
Pul mablag„larini undirish to„g„risidagi sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining 
talablarini ijro etish qonunda nazarda tutilgan hollarda soliq organlari, banklar hamda boshqa kredit 
tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladi. 
Sud hujjatlarining va boshqa organlar hujjatlarining talablari qonunda nazarda tutilgan 
hollarda o„zga jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan ham ijro etilishi mumkin. 
Ushbu moddaning 
ikkinchi
va 
uchinchi qismlarida
ko„rsatilgan organlar hamda shaxslar 
majburiy ijro etish organlari hisoblanmaydi. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling