Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-modda. Ijro hujjatlari
6-modda. Chet el sudlari va arbitrajlari qarorlarini ijro etish
Oldingi tahrirga qarang. Chet el sudlari va arbitrajlarining qarorlarini ijro etish tartibi O„zbekiston Respublikasining qonunchiligi va xalqaro shartnomalari bilan belgilanadi. (6-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi Boshqa davlatlar sudlarining qarorlarini ijro etish O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 363-moddasi asosida amalga oshiriladi. Shu bilan birga chet el arbitrajlarining qarorlarini ijro qilish masalasida O„zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1995-yil 22-dekabrdagi 184-I-sonli qarori bilan 1958-yil 10-iyundagi “Chet el arbitrajlari qarorlarini tan olish va ijroga qaratish to„g„risida”gi Nyu-York Konvensiyasi ratifikatsiya qilingan. O„zbekiston Respublikasi sudi tomonidan chet el sudining yoki arbitrajining qarori asosida berilgan ijro varaqasi, agar O„zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilgan bo„lmasa, qaror qonuniy kuchga kirgan vaqtdan e‟tiboran uch yil ichida majburiy ijro etish uchun topshirilishi mumkin. 7-modda. Ijro hujjatlari Quyidagilar ijro hujjatlari hisoblanadi: 1) sudlar o„zlari qabul qiladigan sud hujjatlari asosida beradigan ijro varaqalari; Oldingi tahrirga qarang. 2) hakamlik sudining qarorlarini majburiy ijro etish yuzasidan sudlar beradigan ijro varaqalari; (7-modda birinchi qismining 2-bandi O„zbekiston Respublikasining 2007-yil 1-avgustdagi O„RQ- 106-sonli Qonuni tahririda — O„R QHT, 2007-y., 31-32-son, 315-modda) 3) chet el sudlari va arbitrajlari qarorlari asosida O„zbekiston Respublikasi sudlari beradigan ijro varaqalari; 4) sud buyruqlari; 5) alimentlar to„lash to„g„risidagi notarial tarzda tasdiqlangan kelishuvlar; 6) notariuslarning ijro xatlari; 7) mehnat nizolari komissiyalari o„z qarorlari asosida beradigan guvohnomalar; 8) ma‟muriy huquqbuzarliklar to„g„risidagi ishlarni ko„rib chiqish vakolatiga ega organlar (mansabdor shaxslar) chiqargan qarorlar; 9) o„zboshimchalik bilan turar joyni egallab olgan yoki avariya holatida deb topilgan uylarda yashayotgan shaxslarni ma‟muriy tartibda ko„chirish to„g„risidagi prokurorlarning qarorlari; Oldingi tahrirga qarang. 10) davlat ijrochilarining qarorlari; (7-moddaning birinchi qismi 10-bandi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ- 551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493- son) Oldingi tahrirga qarang. 11) qonunda nazarda tutilgan hollarda boshqa organlarning hujjatlari. (7-modda birinchi qismining 11-bandi O„zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O„RQ- 762-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) Oldingi tahrirga qarang. Ijro varaqasi, sud buyrug„i sudyaning elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlangan elektron hujjat tarzida axborot tizimi orqali taqdim etilishi mumkin. (7-modda O„zbekiston Respublikasining 2015-yil 29-dekabrdagi O„RQ-396-sonli Qonuniga asosan ikkinchi qism bilan to„ldirilgan — O„R QHT, 2015-y., 52-son, 645-modda) Oldingi tahrirga qarang. Ijro hujjatining asl nusxasi yo„qolgan taqdirda, qonunchilikda nazarda tutilgan tartibda beriladigan uning dublikati undiruv uchun asos bo„ladi. (7-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son) LexUZ sharhi O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 450-moddasi , Iqtisodiy protsessual kodeksining 341-moddasi va Jinoyat-protsessual kodeksining 531-moddasiga qarang. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling