Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning ishtiroki


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

10-modda. Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning ishtiroki
Ijro ishi yuritishda voyaga yetmaganlarning huquqlarini ularning qonuniy vakillari — ota-
onalari, farzandlikka oluvchilari, vasiylari yoki homiylari amalga oshiradilar. 


Fuqarolik, oilaviy, mehnat, ma‟muriy huquqiy munosabatlardan hamda olingan ish haqini 
yoki boshqa daromadni tasarruf etish bilan bog„liq bitimlardan kelib chiqadigan ishlar bo„yicha sud 
hujjatlari va boshqa organlarning hujjatlari asosida berilgan ijro hujjatlari ijro etilayotganda voyaga 
yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan hollarda ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o„z huquqlarini 
amalga oshirishlari va majburiyatlarni bajarishlari mumkin. 
O„n olti yoshga to„lgan, voyaga yetmagan shaxs to„la muomalaga layoqatli deb e‟lon 
qilingan taqdirda (emansipatsiya), u ijro ishi yuritishda mustaqil ravishda o„z huquqlarini amalga 
oshirishi va majburiyatlarni bajarishi mumkin. 
 LexUZ sharhi 
Qo„shimcha ma‟lumot uchun O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 
28-moddasiga 
qarang. 
11-modda. Ijro ishi yuritishda taraflarning huquq va majburiyatlari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirishda ijro ishi yuritish materiallari bilan tanishish, 
ulardan ko„chirmalar, nusxalar olish, qo„shimcha materiallar taqdim etish, iltimosnomalar berish
ijro harakatlarini amalga oshirishda ishtirok etish, ijro harakatlari jarayonida og„zaki va yozma 
tushuntirishlar berish, ijro ishi yuritilishi davomida paydo bo„ladigan masalalar yuzasidan o„z 
vajlari va fikr-mulohazalarini bildirish, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi boshqa shaxslarning 
iltimosnomalari, vajlari va fikr-mulohazalariga qarshi e‟tiroz bildirish, rad qilish, davlat 
ijrochisining harakatlari (harakatsizligi) ustidan shikoyat qilish huquqiga egadirlar. 
(11-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son)
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Taraflar ijro harakatlarini amalga oshirayotganda sud hujjatlarini va boshqa organlar 
hujjatlarini ijro etish to„g„risidagi qonunchilikning talablarini bajarishlari shart. 
(11-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling