Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishda rad qilish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

22-modda. Ijro ishi yuritishda rad qilish 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar davlat ijrochisi, tarjimonlar va mutaxassislar taraflarning, ular vakillarining yoki ijro 
ishi yuritishda ishtirok etayotgan boshqa shaxslarning qarindoshlari bo„lsalar yoxud ijro ishi 
yuritish natijasidan manfaatdor bo„lsalar yoki ularning beg„arazligiga shubha tug„diradigan boshqa 
holatlar mavjud bo„lsa, ular ijro ishi yuritishda ishtirok etishi mumkin emas va ular rad qilinishi 
lozim. 
Rad qilish uchun holatlar mavjud bo„lsa, rad qilish talablari tatbiq etiladigan shaxs o„zini 
o„zi rad qilishi shart. Xuddi shu asoslar bo„yicha undiruvchi, qarzdor yoki ularning vakillari mazkur 
shaxsni rad qilishlari mumkin. Rad qilish asoslangan bo„lishi, yozma ravishda bayon etilishi va ijro 
harakatlarini amalga oshirish boshlanguniga qadar ma‟lum qilinishi kerak, rad qilish uchun asoslar 
mavjudligi ijro harakatlarini amalga oshirish boshlanganidan keyin ma‟lum bo„lib qolgan hollar 
bundan mustasno. 
Tarjimon va mutaxassisni rad qilish to„g„risidagi masalani davlat ijrochisi hal qiladi. 
Davlat ijrochisi tarjimon va mutaxassisni rad qilish to„g„risidagi masalani ko„rib chiqish natijalariga 
muvofiq asoslangan qaror chiqaradi, qaror katta davlat ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi. 
Davlat ijrochisini rad qilish to„g„risidagi masalani katta davlat ijrochisi hal qiladi. Katta 
davlat ijrochisini rad qilish to„g„risidagi masalani katta davlat ijrochisining o„zi hal qiladi. 
Davlat ijrochisini rad qilish to„g„risidagi ariza qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan 
ijro hujjati katta davlat ijrochisi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga o„tkaziladi yoki katta davlat 
ijrochisi ijro hujjatini o„z ish yurituviga oladi. Katta davlat ijrochisini rad qilish to„g„risidagi ariza 
qanoatlantirilgan taqdirda, u ijro etayotgan ijro hujjati Majburiy ijro byurosining tegishli hududiy 
boshqarmasi tomonidan boshqa davlat ijrochisiga o„tkaziladi. 
Davlat ijrochisini rad qilish qanoatlantirilmaganligi ustidan shikoyat qilish yoki protest 
bildirish mumkin. 


(22-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling