Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

22
1
-modda. Ijro ishi yuritishda xabarnomalar va chaqiruvlar 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar davlat ijrochisi tomonidan chiqarilgan qarorlar 
haqida, qonunda nazarda tutilgan hollarda esa ijro harakatlari to„g„risida va majburiy ijro etish 
choralari haqida xabardor qilinadi, shuningdek davlat ijrochisining huzuriga yoxud ijro harakatlarini 
amalga oshirish joyiga chaqiruv qog„ozi, boshqa xabarnoma, telefonogramma, telegramma yoki 
boshqa aloqa vositalari (bundan buyon matnda chaqiruv qog„ozi, boshqa xabarnoma deb yuritiladi) 
orqali chaqirtiriladi. 
(22
1
-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjati darhol ijro etilishi lozim bo„lgan hollarda davlat ijrochisi ijro ishi yuritishda 
ishtirok etuvchi shaxslarni oldindan xabardor qilmasdan ijro harakatlarini amalga oshirishga va 
majburiy ijro etish choralarini qo„llashga haqli. 
(22
1
-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Agar ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxs yoki uning vakili boshqa manzilni 
ko„rsatmagan bo„lsa, ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxsga chaqiruv qog„ozi, boshqa 
xabarnoma ijro hujjatida ko„rsatilgan manzilga yuboriladi. Chaqiruv qog„ozi, boshqa xabarnoma 
ijro ishi yuritishda ishtirok etayotgan shaxsning ish, o„qish joyiga yuborilishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro hujjatida undiruvchining yoki qarzdorning elektron pochta manzili yoki mobil 
telefonining raqami mavjud bo„lgan taqdirda (agar ular sudga yoki ijro hujjatini bergan boshqa 
organga (mansabdor shaxsga) taqdim etilgan bo„lsa), ijro ishini yuritishni qo„zg„atish to„g„risidagi 
bildirishnoma uning jo„natilganligi va qabul qilib olinganligi faktlarini qayd etish imkonini 
beruvchi maxsus avtomatlashtirilgan tizimdan foydalangan holda elektron pochtaga yoxud mobil 
telefonga qisqa xabar (SMS) tarzida yuboriladi.
(22
1
-modda O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuniga 
asosan 
to„rtinchi qismi bilan to„ldirilgan — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son — 2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Jismoniy shaxsga yo„llangan chaqiruv qog„ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu 
moddaning 
to„rtinchi qismida 
nazarda tutilgan hollar mustasno), qoida tariqasida, Majburiy ijro 
byurosining bo„linmasiga qaytarilishi lozim bo„lgan topshirganlik to„g„risidagi yozma 
bildirishnomaga jismoniy shaxsning imzosi qo„ydirilgan holda unga shaxsan topshiriladi. Yuridik 
shaxsga yuborilgan chaqiruv qog„ozi, boshqa xabarnoma (bundan ushbu moddaning to„rtinchi 
qismida nazarda tutilgan hollar mustasno) yuridik shaxsning xodimiga topshiriladi, u 
topshirganlikni tasdiqlovchi yozma bildirishnomaga chaqiruv qog„ozini, boshqa xabarnomani 
olganligi haqida familiyasi, ismi va otasining ismi hamda lavozimini ko„rsatgan holda imzo 
qo„yadi. 
(22
1
-moddaning beshinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son — 
2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) 
Agar chaqiruv qog„ozini, boshqa xabarnomani yetkazib beruvchi shaxs chaqirilayotgan 
jismoniy shaxsni topa olmasa, chaqiruv qog„ozi, boshqa xabarnoma u bilan birga yashovchi voyaga 
yetgan oila a‟zolaridan biriga topshiriladi, ular yo„qligida esa fuqarolarning o„zini o„zi boshqarish 
organiga yoki ish beruvchiga (o„quv muassasasi ma‟muriyatiga) topshiriladi. Chaqiruv qog„ozini, 


boshqa xabarnomani qabul qilib olgan shaxs uni imkoniyat bo„lishi bilan darhol chaqiriluvchiga 
topshirishi shart. 
Adresat vaqtincha biror joyga ketgan bo„lsa, chaqiruv qog„ozini, boshqa xabarnomani 
yetkazib beruvchi shaxs uning ikkinchi nusxasiga chaqiriluvchi qayerga ketganligi va qachon 
kelishi kutilayotganligi to„g„risida belgi qo„yadi. Bu ma‟lumotlar fuqarolarning o„zini o„zi 
boshqarish organi tomonidan yoki ish beruvchining (o„quv muassasasi ma‟muriyatining) imzosi 
bilan tasdiqlanishi va guvohlantirilishi lozim. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Adresat chaqiruv qog„ozini, boshqa xabarnomani qabul qilishdan bosh tortganda, ularni 
yetkazib beruvchi shaxs davlat ijrochisiga qaytariladigan chaqiruv qog„oziga, boshqa xabarnomaga 
belgi qo„yadi. 
(22
1
-moddaning yettinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Ijro ishi yuritishda ishtirok etuvchi shaxslar quyidagi hollarda xabardor qilingan 
hisoblanadi, agar: 
chaqiruv qog„ozi, boshqa xabarnoma adresatga ushbu modda talablariga muvofiq yetkazib 
berilgan (yuborilgan) bo„lsa; 
adresat chaqiruv qog„ozini, boshqa xabarnomani olishdan bosh tortsa
pochta xabarnomasini olgan bo„lishiga qaramasdan adresat o„z nomiga yuborilgan 
chaqiruv qog„ozini, boshqa xabarnomani olish uchun kelmasa. 
Majburiy ijro etish choralari to„g„risida xabardor qilingan shaxslarning hozir bo„lmasligi 
mazkur choralarning bajarilishiga to„sqinlik qilmaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Agar ijro hujjati bo„yicha qarzdor zimmasiga faqat shaxsan o„zi bajarishi mumkin bo„lgan 
majburiyatlar yuklatilgan bo„lsa, davlat ijrochisining chaqiruvi bo„yicha kelishdan bo„yin 
tovlayotgan qarzdor davlat ijrochisining qarori asosida majburiy keltirilishi mumkin. 
(22
1
-moddaning o„ninchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Chaqiruv qog„ozlari, boshqa xabarnomalar shakllarining namunalari, shuningdek ularning 
mazmuniga qo„yiladigan talablar Majburiy ijro byurosi tomonidan belgilanadi. 
(22
1
-moddaning o„n ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son — 
2019-yil 1-oktabrdan kuchga kiradi) 

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling