Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 20-modda. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki
19-modda. Xolislarning huquq va majburiyatlari
Xolis tegishli ijro harakati dalolatnomasida o„zi ishtirok etgan ijro harakatlari fakti, mazmuni va natijalarini o„z imzosi bilan tasdiqlaydi. Xolis o„zining qanday ijro harakatlarini amalga oshirish uchun taklif qilinganligini, ular qanday ijro hujjatlariga asosan amalga oshirilayotganligini bilishga, amalga oshirilgan ijro harakatlari bo„yicha fikr-mulohazalar bildirishga haqli. Xolisning mulohazalari tegishli ijro harakatlari dalolatnomasiga kiritilishi lozim. Xolisning istagiga binoan bunday mulohazalar uning o„z qo„li bilan yozilishi mumkin. Oldingi tahrirga qarang. Xolislar ishtirok etadigan ijro harakatlari boshlanishidan oldin davlat ijrochisi ularga o„z huquq va majburiyatlarini tushuntiradi. (19-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Xolislar o„z majburiyatlarini bajarishlari munosabati bilan o„zlari qilgan xarajatlari qoplanishini talab qilish huquqiga egadirlar. Mazkur xarajatlar ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi. LexUZ sharhi Mazkur Qonunning 9-bobiga qarang. 20-modda. Ijro ishi yuritishda mutaxassislarning ishtiroki Oldingi tahrirga qarang. Ijro harakatlarini amalga oshirayotganda yuzaga keladigan, maxsus bilimlarni talab qiladigan masalalarni tushuntirib berish uchun davlat ijrochisi o„z tashabbusiga yoki taraflarning iltimosiga binoan o„zining qarori bilan mutaxassis tayinlashi mumkin. (20-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Mutaxassis sifatida zarur bilimlarga ega shaxs tayinlanishi mumkin. Mutaxassis yozma ravishda xulosa beradi. Mutaxassisning yozma xulosasi u davlat ijrochisining qarori bilan tanishgan kundan e‟tiboran o„n besh ish kuni ichida taqdim etilishi kerak. (20-moddaning ikkinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Mutaxassis davlat ijrochisining chaqiruvi bo„yicha kelishi, qo„yilgan masalalar yuzasidan xolisona xulosa berishi, o„zi bajarayotgan harakatlarni tushuntirib berishi shart. Mutaxassis ijro harakatlarini amalga oshirish bilan bog„liq bajargan ishi uchun haq olish huquqiga ega. Bu haq ijro harakatlarini amalga oshirish xarajatlariga kiritiladi. (20-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling