Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

(21-modda ikkinchi qismi 2-bandining to„rtinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi O„RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son)


ko„chmas mulkni va yer uchastkasiga bo„lgan huquqlarni boshqa shaxsga o„tkazishga 
davlat ijrochisi tomonidan belgilangan taqiqlarni ijro etadi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
yer uchastkasini olib qo„yish va berish to„g„risidagi ijro harakatlarini amalga oshirishda, 
qonunchilikda belgilangan hollarda esa, ijro harakatlarini amalga oshirish davomida ro„yxatga 
olingan boshqa ko„chmas mulkni ko„zdan kechirishda ishtirok etadi
(21-modda ikkinchi qismi 2-bandining oltinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi O„RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son)
3) O„zbekiston Respublikasi Markaziy banki O„zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi 
bilan birgalikda qarzdorlarning bank hisobvaraqlarini aniqlash uchun Bank depozitorlarining milliy 
axborot bazasidan foydalanish tartibini belgilaydi; 
4) banklar va boshqa kredit tashkilotlari: 
davlat ijrochisining muayyan bank mijozining (vakilining) pul mablag„lari va o„zga mol-
mulkiga undiruv qaratish yoki ularni xatlash haqidagi sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv 
qarori asosida bergan yozma so„roviga ko„ra unga bank sirini tashkil etuvchi ma‟lumotlarni taqdim 
etadi; 
davlat ijrochisining yozma so„roviga ko„ra qarzdorning banki va xatlash mumkin bo„lgan 
hisobvarag„ini aniqlaydi hamda bu haqda keyingi ish kunidan kechiktirmay davlat ijrochisiga 
ma‟lum qiladi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
davlat ijrochilarining qarzdordan ijro hujjati bo„yicha tegishli qarzni, shu jumladan ijro 
yig„imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan jarimalarni va ijro xarajatlarini nizosiz 
tartibda undirish to„g„risidagi topshiriqlarini qonunchilikda belgilangan tartibda bajaradi
(21-modda ikkinchi qismi 4-bandining to„rtinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi O„RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son)
davlat ijrochisining qaroriga muvofiq qarzdorning chet el valyutasini, shu jumladan naqd 
chet el valyutasini sotadi yoki sotib oladi
qarzdorning hisobvarag„ida saqlanayotgan pul mablag„larini xatlash haqidagi davlat 
ijrochisining qarorini, shuningdek davlat ijrochisining qarorida ko„rsatilgan qarzdorning 
hisobvarag„idan foydalanishga oid boshqa cheklovlar ijrosini ta‟minlaydi; 
ijro harakatlarini amalga oshirish davomida qarzdordan olib qo„yilgan yoki undirilgan
shuningdek mol-mulkni sotishdan tushgan pul mablag„lari Majburiy ijro byurosi organining depozit 
hisobvarag„ida vaqtinchalik saqlanishini ta‟minlaydi, davlat ijrochisining qaroriga asosan bu 
mablag„larni tegishli undiruvchiga, O„zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga, davlat maqsadli 
jamg„armalariga, shuningdek ijro yig„imini, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga solingan 
jarimalarni va ijro xarajatlarini to„lash uchun o„tkazadi (beradi); 
5) davlat soliq xizmati organlari: 
budjetga va davlat maqsadli jamg„armalariga majburiy to„lovlar bo„yicha qarzdorlikni 
qarzdorning mol-mulki hisobidan undirishni nazarda tutuvchi ijro hujjatlarining majburiy ijrosini 
ta‟minlashda davlat ijrochilariga yordam ko„rsatadi; 
davlat ijrochisining topshirig„iga ko„ra, qarzdorning soliqlar va budjetga boshqa majburiy 
to„lovlar bo„yicha qarzdorlik hisob-kitobini amalga oshiradi hamda ularni davlat ijrochisiga taqdim 
etadi; 
davlat soliq xizmati organlarining ma‟lumotlar bazasida qarzdor soliq to„lovchi to„g„risida 
mavjud bo„lgan axborotni davlat ijrochisining yozma so„roviga ko„ra uch kunlik muddatda taqdim 
etadi; 
soliqlar va boshqa majburiy to„lovlarni to„lashdan bo„yin tovlayotgan qarzdorning hisobga 
olinmagan daromadlarini aniqlashda davlat ijrochilariga ko„maklashadi; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 


realizatsiya qilinmagan mol-mulkning arzonlashtirilishida qonunchilikda belgilangan 
hollarda ishtirok etadi; 
(21-modda ikkinchi qismi 5-bandining oltinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 
21-apreldagi O„RQ-683-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 
03/21/683/0375-son)
6) g„aznachilik organlari: 
O„zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan yoki yagona g„aznachilik hisobvarag„idan pul 
mablag„larini ijro hujjati talablarini bajarish uchun davlat ijrochisining qarori asosida o„n kunlik 
muddatda o„tkazadi; 
davlat ijrochisining qarzdor budjet tashkilotining yagona g„aznachilik hisobvarag„ida 
saqlanayotgan pul mablag„larini xatlash to„g„risidagi qarorining, shuningdek qarzdorning 
mablag„laridan foydalanishga nisbatan davlat ijrochisining qarorida nazarda tutilgan boshqa 
cheklovlarning ijrosini ta‟minlaydi; 
7) Davlat chegarasini qo„riqlash organlari: 
sudning yoki davlat ijrochisining qarzdor jismoniy shaxsning O„zbekiston Respublikasidan 
chiqishini vaqtincha cheklash to„g„risidagi qarori ijrosini ta‟minlaydi, sud hujjati yoki boshqa organ 
hujjati talablarini bajarishdan bo„yin tovlayotgan qarzdor jismoniy shaxslar O„zbekiston 
Respublikasidan chiqib ketishining oldini olish choralarini ko„radi; 
O„zbekiston Respublikasidan chiqishiga vaqtincha cheklov joriy qilingan yoki bunday 
cheklov olib tashlangan qarzdor jismoniy shaxslar to„g„risida axborotlarning tezkor almashinuvini 
Majburiy ijro byurosi organlari bilan birga belgilangan tartibda amalga oshiradi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Qonunchilikda davlat ijrochilarining davlat organlari, kredit tashkilotlari va boshqa 
tashkilotlar bilan hamkorligining boshqa shakllari ham belgilanishi mumkin. 
(21-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2021-yil 21-apreldagi O„RQ-683-
sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son)

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling