Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatining uzilishi


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

28-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatining uzilishi
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati: 
1) ijro hujjati ijroga topshirilganda
2) ijro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi. 
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan so„ng muddatning o„tish davri yangidan 
boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar o„tgan vaqt yangi muddat hisobiga kiritilmaydi. 
Ijro hujjati uni to„liq yoki qisman ijro etishning imkoniyati yo„qligi sababli undiruvchiga 
qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga 
qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi. 
29-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatini o‘tkazib yuborish oqibatlari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijroga topshirish muddati o„tkazib yuborilgan ijro hujjatini davlat ijrochisi ish yuritish 
uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror chiqaradi. 
(29-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Ijro varaqasi yoki sud buyrug„ini ijroga topshirish muddatini o„tkazib yuborgan undiruvchi 
tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu hujjat ijro etiladigan joydagi sudga o„tkazib yuborilgan 
muddatni tiklash to„g„risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Boshqa ijro hujjatlari bo„yicha 
o„tkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
30-modda. Majburiy ijro etish muddatlari
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun ijro 
ishi yuritishni qo„zg„atish to„g„risidagi qarorda belgilangan muddat tugagan kundan e‟tiboran ko„pi 
bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak. 
(30-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O„RQ-762-
sonli 
Qonuni
 tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) 
Ijro hujjatlarining quyidagi talablari darhol ijro etilishi kerak:
alimentlar hamda uch oydan oshmagan ish haqini undirish to„g„risidagi talablar;
qonunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga xilof ravishda 
boshqa ishga o„tkazilgan xodimni ishga tiklash to„g„risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish 
asosining ta‟rifini o„zgartirish to„g„risidagi talablar;
ijro hujjatida bayon etilgan talablar darhol ijro etilishi hujjatda ko„rsatilgan yoki darhol ijro 
etilishi qonunda nazarda tutilgan hollardagi boshqa ishlarga doir talablar.
 LexUZ sharhi 
O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 
266 — 268-moddalari
va Iqtisodiy 
protsessual kodeksining 
192-moddasiga
 qarang. 
(30-moddaning nomi va birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi O„RQ-
151-sonli 
Qonuni 
tahririda — O„R QHT, 2008-y., 14-15-son, 94-modda) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ushbu moddaning
 birinchi qismida 
ko„rsatilgan muddatga: 
ijro hujjati ijrosini kechiktirish yoki bo„lib-bo„lib ijro qilish vaqti; 
ijro harakatlarini keyinga qoldirish vaqti; 
ijro ishi yuritishni to„xtatib turish vaqti
Oldingi
 tahrirga qarang. 


mutaxassis tayinlash haqidagi qaror mutaxassisga yuborilgan kundan to uning xulosasi 
yoki ish natijalari to„g„risidagi boshqa hujjat davlat ijrochisiga kelib tushgunigacha bo„lgan vaqt; 
(30-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-
iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
mol-mulk realizatsiya qilishga topshirilgan kundan to bu mol-mulkni realizatsiya qilishdan 
tushgan pul mablag„lari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag„iga kelib 
tushgunigacha bo„lgan vaqt kirmaydi. 
(30-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-
iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son) 
Ijro harakatlarini amalga oshirish muddatining o„tishi ijro ishi yuritishni tugatish yoki 
tamomlash uchun asos bo„lmaydi. 
(30-modda O„zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O„RQ-199-sonli 
Qonuniga
 
asosan uchinchi va to„rtinchi qismlar bilan to„ldirilgan — O„R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling