Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatining uzilishi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
- Bu sahifa navigatsiya:
- 29-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatini o‘tkazib yuborish oqibatlari
- 30-modda. Majburiy ijro etish muddatlari
28-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatining uzilishi
Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati: 1) ijro hujjati ijroga topshirilganda; 2) ijro hujjati qarzdor tomonidan qisman ijro etilganda uziladi. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddati uzilgandan so„ng muddatning o„tish davri yangidan boshlanadi. Muddat uzilgunga qadar o„tgan vaqt yangi muddat hisobiga kiritilmaydi. Ijro hujjati uni to„liq yoki qisman ijro etishning imkoniyati yo„qligi sababli undiruvchiga qaytarilgan taqdirda, uni ijroga topshirish muddati uzilgandan keyin ijro hujjati undiruvchiga qaytarilgan kundan boshlab hisoblanadi. 29-modda. Ijro hujjatini ijroga topshirish muddatini o‘tkazib yuborish oqibatlari Oldingi tahrirga qarang. Ijroga topshirish muddati o„tkazib yuborilgan ijro hujjatini davlat ijrochisi ish yuritish uchun qabul qilmasdan, bu haqda tegishli qaror chiqaradi. (29-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Ijro varaqasi yoki sud buyrug„ini ijroga topshirish muddatini o„tkazib yuborgan undiruvchi tegishli hujjatni qabul qilgan sudga yoki bu hujjat ijro etiladigan joydagi sudga o„tkazib yuborilgan muddatni tiklash to„g„risidagi ariza bilan murojaat qilishga haqlidir. Boshqa ijro hujjatlari bo„yicha o„tkazib yuborilgan muddatlar tiklanmaydi. Oldingi tahrirga qarang. 30-modda. Majburiy ijro etish muddatlari Oldingi tahrirga qarang. Ijro harakatlari va ijro hujjatining talablari ijro hujjatining ixtiyoriy ijro etilishi uchun ijro ishi yuritishni qo„zg„atish to„g„risidagi qarorda belgilangan muddat tugagan kundan e‟tiboran ko„pi bilan ikki oy muddat ichida davlat ijrochisi tomonidan amalga oshirilishi va ijro etilishi kerak. (30-moddaning birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2022-yil 11-apreldagi O„RQ-762- sonli Qonuni tahririda — Qonunchilik ma‟lumotlari milliy bazasi, 12.04.2022-y., 03/22/762/0290-son) Ijro hujjatlarining quyidagi talablari darhol ijro etilishi kerak: alimentlar hamda uch oydan oshmagan ish haqini undirish to„g„risidagi talablar; qonunga xilof ravishda mehnat shartnomasi bekor qilingan yoki qonunga xilof ravishda boshqa ishga o„tkazilgan xodimni ishga tiklash to„g„risidagi, mehnat shartnomasini bekor qilish asosining ta‟rifini o„zgartirish to„g„risidagi talablar; ijro hujjatida bayon etilgan talablar darhol ijro etilishi hujjatda ko„rsatilgan yoki darhol ijro etilishi qonunda nazarda tutilgan hollardagi boshqa ishlarga doir talablar. LexUZ sharhi O„zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining 266 — 268-moddalari va Iqtisodiy protsessual kodeksining 192-moddasiga qarang. (30-moddaning nomi va birinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2008-yil 10-apreldagi O„RQ- 151-sonli Qonuni tahririda — O„R QHT, 2008-y., 14-15-son, 94-modda) Oldingi tahrirga qarang. Ushbu moddaning birinchi qismida ko„rsatilgan muddatga: ijro hujjati ijrosini kechiktirish yoki bo„lib-bo„lib ijro qilish vaqti; ijro harakatlarini keyinga qoldirish vaqti; ijro ishi yuritishni to„xtatib turish vaqti; Oldingi tahrirga qarang. mutaxassis tayinlash haqidagi qaror mutaxassisga yuborilgan kundan to uning xulosasi yoki ish natijalari to„g„risidagi boshqa hujjat davlat ijrochisiga kelib tushgunigacha bo„lgan vaqt; (30-moddaning uchinchi qismi beshinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30- iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. mol-mulk realizatsiya qilishga topshirilgan kundan to bu mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgan pul mablag„lari Majburiy ijro byurosi organining depozit hisobvarag„iga kelib tushgunigacha bo„lgan vaqt kirmaydi. (30-modda uchinchi qismining oltinchi xatboshisi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30- iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Ijro harakatlarini amalga oshirish muddatining o„tishi ijro ishi yuritishni tugatish yoki tamomlash uchun asos bo„lmaydi. (30-modda O„zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O„RQ-199-sonli Qonuniga asosan uchinchi va to„rtinchi qismlar bilan to„ldirilgan — O„R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda) Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling