Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
25-modda. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi
Oldingi tahrirga qarang. Agar qarzdor jismoniy shaxs bo„lsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning yashash joyi yoki ish joyida yoxud uning mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi. Agar qarzdor yuridik shaxs bo„lsa, ijro harakatlarini davlat ijrochisi uning organi joylashgan yoki mol-mulki turgan joyda amalga oshiradi. Qarzdor zimmasiga muayyan harakatlarni amalga oshirish majburiyatini yuklovchi ijro hujjatlarining talablari bunday harakatlar amalga oshiriladigan joyda bajariladi. Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida qarzdorning yashash joyi, ish joyi yoki turgan joyi o„zgargan bo„lsa yoki ilgarigi turgan joyida undiruv qaratilishi mumkin bo„lgan mol-mulki yo„q ekanligi yoxud undiruvchining talablarini qanoatlantirish uchun yetarli emasligi ma‟lum bo„lib qolsa, davlat ijrochisi bu haqda darhol dalolatnoma tuzadi hamda dalolatnoma tuzgan kunning ertasidan kechiktirmay ijro hujjatini dalolatnomaning nusxasi bilan birga qarzdorning ma‟lum bo„lgan yangi yashash joyidagi, ish joyidagi, turgan joyidagi yoki qarzdorning mol-mulki turgan yangi joydagi davlat ijrochisiga yuboradi, ayni bir vaqtda bu haqda undiruvchini, ijro hujjatini bergan sud yoki boshqa organni xabardor qiladi. Agar ijro hujjatini ijro etish jarayonida zarurat tug„ilsa, davlat ijrochisi ijro harakatlarini o„z vazifalarini bajara olishi mumkin bo„lgan hududdan tashqarida ham amalga oshirishi mumkin. Bu holda davlat ijrochisi ushbu moddaning to„rtinchi qismiga muvofiq dalolatnoma tuzib, ko„rsatilgan hududga boradi. U yetib borgan paytdan boshlab bir sutka ichida ijro harakatlarini amalga oshirish joyidagi katta davlat ijrochisiga ijro harakatlarini shu hududda amalga oshirishi zarurligi to„g„risida ma‟lum qiladi, katta davlat ijrochisi bu erga kelgan davlat ijrochisiga ko„maklashadi. Bir davlat ijrochisining boshqa davlat ijrochisiga yuborgan ijro hujjati ijro etish uchun qabul qilib olinishi lozim. Ijro harakatlarini amalga oshirish joyi to„g„risida davlat ijrochilari o„rtasida kelib chiqadigan nizolar Majburiy ijro byurosi yoki uning hududiy boshqarmasi tomonidan hal etiladi. (25-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli Qonuni tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) Oldingi tahrirga qarang. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling