Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish


-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish muddatlari


Download 1.58 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/74
Sana25.01.2023
Hajmi1.58 Mb.
#1122702
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74
Bog'liq
258-II 29.08.2001

36-modda. Ijro ishi yuritishni to‘xtatib turish muddatlari 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritish quyidagi hollarda to„xtatib turiladi: 
1) qarzdor vafot etganda, u vafot etgan deb e‟lon qilinganda yoki bedarak yo„qolgan, 
muomalaga layoqatsiz deb topilganda — qarzdorning huquqiy vorislari aniqlanguniga, bedarak 
yo„qolganning mol-mulki sud tomonidan homiylik va vasiylik organlari belgilagan ishonchli 
boshqaruvchiga topshirilguniga yoki muomalaga layoqatsiz qarzdorga homiy tayinlanguniga qadar; 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
2) qarzdorning nochorligi (bankrotligi) to„g„risidagi ish bo„yicha iqtisodiy sud tomonidan 
ish yuritish qo„zg„atilganda, kuzatuvni joriy etish to„g„risida sud sanatsiyasi yoki tashqi boshqaruv 
taomilini joriy etish va (yoki) muddatini uzaytirish to„g„risida iqtisodiy sud tomonidan ajrim qabul 
qilinganda — qarzdorning nochorligi (bankrotligi) to„g„risidagi ish bo„yicha qaror qabul 
qilinguniga qadar; 
(36-moddaning birinchi qismi 2-bandi O„zbekiston Respublikasining 2017-yil 14-sentabrdagi 
O„RQ-446-sonli 
Qonuni 
tahririda — O„R QHT, 2017-y., 37-son, 978-modda) 
3) undiruvchi yoki qarzdor muddatli harbiy xizmatni o„tayotganda, qarzdor kasal bo„lib 
qolganda, xizmat safarida bo„lganda yoki qarzdor jismoniy shaxs, uning mol-mulki yoki olib 
qo„yilishi lozim bo„lgan bola qidirilayotganda, — muddatli harbiy xizmatdan bo„shatilguniga yoki 


statsionar davolash muassasasidan chiqquniga, xizmat safaridan qaytguniga yoki qarzdor jismoniy 
shaxs, uning mol-mulki yoki olib qo„yilishi lozim bo„lgan bola qidirib topilguniga qadar
4) ijro harakatlari, ijro hujjati yoki uni berishga asos bo„lgan hujjat yuzasidan, shuningdek 
ro„yxatga olingan mol-mulkni baholash natijalari yuzasidan nizolashilayotganda — masala 
mazmunan uzil-kesil ko„rib chiqilguniga qadar
Oldingi
 tahrirga qarang. 
5) davlat ijrochisining harakatlari (qarorlari) ustidan shikoyat berilganda — shikoyat ko„rib 
chiqilguniga qadar;
6) mediatsiya tartib-taomili amalga oshirilganda — o„n besh kundan ko„p bo„lmagan 
muddatga. 
(36-modda birinchi qismining 5-bandi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-
551-sonli 
Qonuniga 
asosan 5 va 6-bandlar bilan almashtirilgan — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy 
bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Ijro ishi yuritish boshqa hollarda ham ijro ishi yuritishni to„xtatib turishga asos bo„lgan 
holatlar tugaguniga qadar to„xtatib turilishi mumkin. 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Ijro ishi yuritishni to„xtatib turishga sabab bo„lgan holatlar bartaraf qilinganidan keyin ijro 
ishi yuritish uni to„xtatib turgan sud yoki davlat ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasiga yoki 
davlat ijrochisining tashabbusiga ko„ra tiklanadi.
(36-moddaning uchinchi qismi O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuni 
tahririda — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 03/19/551/3493-son) 
Oldingi
 tahrirga qarang. 
Undiruvchi va qarzdor o„rtasida ijro predmeti yuzasidan kelishuvga erishilmaganda, 
shuningdek taraflardan biri mediatsiyani davom ettirishdan voz kechganda yoki uni amalga oshirish 
muddati tugaganda ijro ishini yuritish davlat ijrochisi tomonidan qayta tiklanadi. 
(36-modda O„zbekiston Respublikasining 2019-yil 30-iyuldagi O„RQ-551-sonli 
Qonuniga 
asosan 
to„rtinchi qism bilan to„ldirilgan — Qonun hujjatlari ma‟lumotlari milliy bazasi, 30.07.2019-y., 
03/19/551/3493-son) 
Ijro ishi yuritishni to„xtatib turishning ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida 
belgilangan muddatlari sud tomonidan qisqartirilishi mumkin. 
(36-moddaning matni O„zbekiston Respublikasining 2009-yil 14-yanvardagi O„RQ-199-sonli 
Qonuni
 tahririda — O„R QHT, 2009-y., 3-son, 9-modda)

Download 1.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   74




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling