Zbekiston respublikasining qonuni sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish
Download 1.58 Mb. Pdf ko'rish
|
258-II 29.08.2001
3
1 -BOB. IJRO HUJJATLARINI IJRO IShINI YURITIShNING SODDALAShTIRILGAN TARTIBIDA IJRO ETIShNING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI 43 1 -modda. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida majburiy ijro etish undiruv qarzdorning mol-mulkiga (bundan pul mablag„lari mustasno) qaratilmagan hamda qarzdorga nisbatan javobgarlik choralari qo„llanilmagan holda amalga oshiriladi. Bunda qarzdorga nisbatan faqat ushbu Qonun 43 2 -moddasining birinchi qismida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qo„llanilishi mumkin. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibi qarzdor jismoniy shaxslardan ma‟muriy jarimalarni, soliq qarzini va davlat bojini undirish to„g„risidagi ijro hujjatlariga nisbatan tatbiq etiladi. Ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritish bo„yicha davlat ijrochisi tomonidan qarorlar qabul qilinmaydi (bundan ijro yig„imini undirish to„g„risidagi qaror mustasno), undiruv qarzdorning yashash joyiga yoki mol-mulki turgan joyga bormagan holda, axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini qo„llash yo„li bilan masofadan turib amalga oshiriladi. Agar ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan ijro hujjatlari ularni ijroga topshirish muddati o„tib ketganidan keyin yuborilgan bo„lsa yoki ushbu Qonunning 8 va 8 3 - moddalarida nazarda tutilgan talablarga muvofiq bo„lmasa, davlat ijrochisi ijro hujjatlarini ular kelib tushgan paytdan e‟tiboran bir ish kuni ichida qaytarib yuboradi. Davlat ijrochisi ijro hujjati kelib tushgan paytdan e‟tiboran bir ish kuni ichida qarzdorga ijro hujjatidagi talablarni ushbu Qonunning 22 1 -moddasida nazarda tutilgan tartibga muvofiq ijro etish haqida xabarnoma yuboradi. Ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda ijro etish uchun qarzdorga u xabarnomani olgan kundan e‟tiboran besh kunlik muddat berilib, bu haqda xabarnomada ko„rsatiladi. Qarzdor ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddatda ijro hujjatining talablarini uzrli sabablarsiz ixtiyoriy tartibda bajarmagan taqdirda, davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga nisbatan ushbu Qonunning 43 2 -moddasida nazarda tutilgan majburiy ijro etish choralari qo„llaniladi va qarzdordan belgilangan tartibda ijro yig„imi undiriladi. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibidagi majburiy ijro etish choralari ushbu moddaning oltinchi qismida belgilangan muddat tugagan kundan e‟tiboran uch ish kunidan ko„p bo„lmagan muddatda qo„llaniladi. Ushbu muddatga qarzdorning ish haqidan, stipendiyasidan, pensiyasidan va boshqa turdagi daromadlaridan pul mablag„lari ushlab qolingan vaqt kirmaydi. Undiruv to„liq amalga oshirilgan ijro hujjati bo„yicha ijro ishini soddalashtirilgan tartibda yuritishda mazkur qarorni chiqargan organ (mansabdor shaxs) yoxud sud uning ijro etilganligi haqida ijro hujjati to„liq ijro etilgan kundan keyingi kundan kechiktirmay xabardor qilinadi. Ijro ishini yuritishning soddalashtirilgan tartibida qo„llaniladigan majburiy ijro etish choralari natijasiz bo„lgan taqdirda ijro hujjati va ijro yig„imini undirish to„g„risidagi qaror ushbu Qonunda belgilangan umumiy tartibda ijro etiladi. Bunda qarzdordan ijro yig„imi qo„shimcha undirilmaydi. Download 1.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling